Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Kuch qobiliyatlarining turli faoliyatlarga bog’liqligi



Yüklə 491,73 Kb.
səhifə3/11
tarix20.09.2023
ölçüsü491,73 Kb.
#146219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sport trenirovkasida boshqaruv

Kuch qobiliyatlarining turli faoliyatlarga bog’liqligi 1. Kishining kuch qobiliyatlari organizmning shaxsiy rivojlanishiga zich bog’langan va undan foydalanish masalasi maqsadga muvofiq yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Kuch qobiliyatlari qarshilikni engish tezligiga bog’liq bo’ladi va harakat tezligi qancha katta bo’lsa, og’irlik yoki qarshilik ko’rsatish darajasi shunchalik kam bo’lishi kerak va aksincha.
Minimal quvvatdagi zo’r berishning (yadro itqitishda )namoyon bo’lishida esa ish o’rta zonada sodir bo’lishi kerak. Lekin bu zo’r berishi quvvati “portlovchi” kuchning rivojlanishi hisobiga eng qisqa vaqt ichida sodir bo’lishi mumkin.
“Portlovchi” kuchning darajasini baholashda tezkor kuch indeksidan foydalanish qulaydir. “Portlovchi kuchning” yorqin misoli sakrashdir, u harakatlanishda tez maksimal zo’r berish qobiliyatini takomillashtirishda ifodalanadi.
Pastlab boruvchi harakatlarda muskul uzunligi zo’rlab oshirilsa muskul kuchi maksimal izometrik kuchga nisbatan ancha ko’proq bo’ladi (50-100% ga). Masalan, chuqurlikka sakrashda sodir bo’ladigan kuch depsinishdagi kuchdan kattadir.
Bir xil tayyorgarlikka ega bo’lganda, vazni og’irroq sportchilar engil vaznlilarga nisbatan ko’proq natijaga erishadilar. YUqori mahoratli sportchilarda tana og’irligi va kuch orasidagi bog’liqlik 0,93 shartli ko’rsatgichga teng, oddiy sportchilarda –0,80; mashq qilmaganlarda esa 0,00 ga teng bo’ladi. (Shuning uchun sport bilan shug’ullanmagan kishilarning vazni yog’ qatlami hisobiga, sportchilarning vazni esa, muskul massasining kattayishi hisobiga oshadi). Turli vazndagi kishilarning kuchini solishtirish uchun odatda 1kg og’irlikka keladigan kuch miqdorini ko’rsatadigan nisbiy kuch miqdorini ko’rsatadigan nisbiy kuch quyidagicha o’lchanadi: mutloq og’irlik sportchining vazniga taqsimlanadi.
Kishining yuqorida belgilangan mutloq muskul kuchini muskulning fiziologik 1sm ko’ndalang kesimiga to’g’ri keladigan mutloq kuchi bilan adashtirmaslik zarur.
Shunday qilib, vazn ortishi bilan mutloq kuch pasayadi.
Nisbiy kuchning pasayishi tananing shaxsiy og’irligi, sportchining tana hajmi (balandligi, eni, qalinligi)ga, ya’ni uning uzunlik o’lchovlarining kubiga mutanosib bo’lishi bilan tushuntiriladi.
Endi murakkab reaktsiyani ko’rib chiqamiz. U ikki xil bo’ladi: 1) harakatlanuvchi ob’ektga bo’lgan reaktsiya; 2) tanlab javob qaytarish. Harakatlanuvchi ob’ektga xos bo’lgan reaktsiya yakka kurash, to’p o’yinlari va hokazolarda uchraydi. Bunda ko’rish maydonida shu ob’ektni farqlash va belgilab olish, uning yo’nalishini va harakatlanish tezligini aniqlash, shunga muvofiq harakatlanish planini tuzish va uni amalga oshirish lozim bo’ladi.

Yüklə 491,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin