Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Sport trenirovkasi vositalari



Yüklə 491,73 Kb.
səhifə2/11
tarix20.09.2023
ölçüsü491,73 Kb.
#146219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sport trenirovkasida boshqaruv

Sport trenirovkasi vositalari. YUqori natijalarga erishish uchun jismoniy tarbiyaning barcha vositalari: Jismoniy mashqlar, gigienik omillar va tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari, shuningdek, mashg’ulotlar davomida vositalarning keng ishlab chiqarilgan sistemasi qo’llaniladi. L.P.Matveev sportchilarning yutuqlariga qarab sport turlarini 5 guruhga ajratadi.

  1. Yakka kurash, engil va og’ir atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqa sport turlari.

  2. Mototsikl, avtomobil, samolyot, qayiq kabi texnika vositalari.

  3. Miltiq kamon kabi nishonga olish sport turlari.

  4. Aviamodellar, avtomodellar singari konstruktorlik sport turlari.

  5. Shaxmat, shashka yanglig’ ma’naviy sport xillari.

Barcha mashqlar musobaqalashish va tayyorlov mashqlariga bo’linadi, tayyorlov mashqlari o’z navbatida maxsus tayyorlov va umum tayyorlov mashqlarini o’z ichiga oladi.
Musobaqalashish mashqlari-bu sport turiga xos bo’lgan va to’liq muayyan sport turining talablariga binoan bajariladigan yaxlit xarakat faoliyatidir.
Ko’pgina musobaqalashuv mashqlari harakat tuzilishi bo’yicha cheklangan va qisqa yo’nalishga ega bo’ladi; bular monostrukturalari mashqlardir. Bunga tezkor- kuch mashqlari (sakrashlar, uloqtirish, og’irlikni ko’tarish, sprint) va chidamlilikka xos submaksimal, katta va o’rtacha zo’r beriladigan yiklik harakat (yugurish, suzish va boshqa)lar kiradi. singari


Sport trenirovkalarini tashkil etishning uslubiy tamoyillari.


Sportchini jismoniy tayyorlash.
Jismoniy tayyorlashning mazmunini: kuch, tezkorlik, chidamlilik va qayishqoqlikni tarbiyalash tashkil qiladi. Jismoniy tayyorgarlik sport mashg’uloti mazmunining poydevoridir.
Kuchni tarbiyalash.
Muskul kuchi ikki xil rejimda namoyon bo’ladi:
1) Statik yoki izometrik rejimda bir holatda zo’r berib ushlab turilganda kuch namoyon bo’ladi;
2) dinamik rejimda. Bunda muskul uzunligi o’zgaradi va muskulning elastik tarangligi katta kuch bilan sodir bo’ladi.
Dinamik rejimda qarshilikni engadigan ish bajarilishi mumkin (miometrik rejim), masalan, uloqtirishdagi depsinishlar va h. k.
Ishning bunday faoliyati auksotonik qisqarish deb belgilanadi (nerv muskul apparatida o’zgarish sodir bo’lganda turlicha kuch talabiga muvofiq muskullar qisqaradi va taranglashadi); va (pliometrik rejimdagi ish)sakrab tushishlarda, osilish va hakazolarda muskul uzunligi oshadi. Bu erda muskullarning auksotonik qisqarishi izotonik (nerv-muskul apparatiga ta’sir qiladigan kuch o’zgarmasa muskul tarangligi bir hilda qoladi) qisqarish ham mumkin.
Shunday voqealar ma’lumki, kishida affekt (vahima, qo’rquv, g’azab) holatida g’oyat katta kuch va tezlik paydo bo’ladi. Bu kuch qaerdan paydo bo’ladi? Har bir yosh organizm normal sharoitda o’zida juda katta kuch zapasi va imkoniyatlarni saqlab yuradi. Odatda, bu kuch va imkoniyatlarning faqatgina bir qismi haqiqatan amalga oshiriladi va kishining keyingi hayotida sarflanadi va ko’pincha juda oz qismi ishlatiladi. Muhim masala shundan iboratki, organizmimizdagi kuchning katta zapaslaridan imkoniyati boricha qanday qilib to’liqroq foydalanishdadir (hisoblab chiqilishicha, muskul tolalarining jami kuchi 30 ming kg ga yaqindir, suyaklarning cho’zilishga nisbatan mustahkamligi esa, cho’yanning mustahkamligiga tengdir).

Yüklə 491,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin