Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Ixtisoslashtirilgan maktablarda aylanadagi burchaklarga doir mavzularni o'qitish metodikasi va ularni o‘rgatish metodikasi, bu matematik analizning qiziq va muhim mavzularidan biridir.
Kurs ishining maqsadi: geometriyadagi aylana, urinma, doira va ularni o‘rgatish metodikasi ushbu asosiy tushunchalar va ularning tatbiqlarini o’rgatishning samarali usullarini o’rganishdir. Bu kurs ishi talabalarga aylana mavzusini yanada chuqurroq o’rganishga yordam beradi va ularning mustaqil o’ylash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Kurs ishining vazifasi: Ixtisoslashtirilgan maktablarda aylanadagi burchaklarga doir mavzularni o'qitish metodikasi haqida tushuncha berish; aylana, urinma va doirallarni hisoblashda qo’llaniladigan formulalar va usullarni o’rganish;
1-§. To‘g‘ri chiziq va aylananing o‘zaro joylashuvi. Aylanaga urinma va uning xossalari 1.Aylana haqida boshlang‘ich ma’lumotlar. Ta’rif. Tekislikning berilgan nuqtasidan bir xil uzoqlikda yotgan barcha nuqtalaridan iborat shakl aylana deyiladi.
Berilgan O nuqta aylananing markazi deyiladi. Aylananing ixtiyoriy nuqtalaridan uning markazigacha bo‘lgan masofa aylananing radiusi deyiladi. Shuningdek, aylana nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi har qanday kesma ham radius deyiladi. Shunday qilib, markazi O nuqta va radiusi R bo‘lgan aylana – berilgan O nuqtadan R ga teng masofada joylashgan tekislikning hamma nuqtala- ridan tuzilgan geometrik shakldir.
Odatda, O markazli va R radiusli aylana quyi- dagicha belgilanadi: (O, R) (1-a rasm).
Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi. Aylananing markazidan o‘tuvchi vatar uning diametri deyiladi.
1- b rasmda aylananing radiusi va ikki vatari tasvirlangan bo‘lib, vatardan biri aylananing dia- metridir: OE – radius, CD – vatar, AB – diametr.
Odatda, diametr d harfi bilan belgilanadi. Bizga ma’lumki, diametr radiusdan ikki marta katta, ya’ni d = 2R ga teng.