Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(7), July, 2023 402
izohlashga harakat qiladi. Chunki o‘smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi
kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi.
Shunday qilib, XX asrning boshlarida o‘smirlik yoshini eng qiyin psixologik
yosh deb tan olindi.
Hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari,
qonuniyatlari, imkoniyatlari, hatti-harakat motivlari ifodalanishi va vujudga
kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
o‘smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’limiy-
tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni
vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o‘rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi.
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi.
Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi.
«Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas», - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining
muxim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera
boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik
o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha
a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining
qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin
sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekresiya bezlaridan biri
gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining
o‘sishi va muhim ichki sekresiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o‘sishi va
jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy
balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo
bo‘lishi) amalga oshadi.
Har qanday o‘smir shaxsida o‘z-o‘zini baholash orqali unga ta’sir etadigan
ijtimoiy omillarni aniqlash mumkin. Chunki odamning o‘z-o‘zini anglashi, bilishi,
o‘z ustida ishlashi avvalo, uning diqqati, ongi, bevosita o‘ziga, o‘z ichki
imkoniyatlari, qobiliyatlari, his-hayajon kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi.
O‘smir shaxsining o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlarini anglashi qanchalik adekvat,
to‘g‘ri, real bo‘lishi uning barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Shuning
uchun shaxsning tarbiyalanganligini bilishda, uning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi
tasavvurlarini o‘rganish lozim. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq
va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning ijtimoiy normalariga zid harakat qilish
ehtimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni shaxs tarbiyalangan bo‘ladi.
O‘smirlik davri maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o‘qish davrlariga to‘g‘ri
keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o‘qish bo‘lib, unda bola bilim olish bilan
bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim