Xususiyatlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
57 Boboyeva Feruza Nosirjonovna 399-409

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(7), July, 2023 
401 
juda ortib bormoqda. Shuning uchun, zamonaviy psixologiyada shaxsning ichki 
irodaviy imkoniyatlarini tadqiq etish, uning yosh, jinsiy xususiyatlarini aniqlash, 
qonun va mexanizmlarini ishlab chiqish mazkur ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy 
muammoga yuqori dolzarblik baxsh etmoqda.
MAVZU BO’YICHA ADABIYOTLARTAHLILI
XX asrning 30-yillarida Yevropa mamlakatlari hamda AQSH psixologiyasida 
irodaning nazariy, eksperimental jihatdan tez sur’atlar bilan tadqiq qilinganligi 
ko‘zga tashlanadi. Lekin ijtimoiy madaniyatning keyingi taraqqiyot bosqichlarida 
iroda kategoriyasiga nisbatan qiziqish birmuncha pasayganligi kuzatildi. 
Hozirgacha 
soxa 
mutaxassislaridan 
ko‘pchiligi 
o‘smirlarda 
iroda 
shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘z ilmiy izlanishlarida o‘rganganlar. 
O‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari, o‘smirlarda irodaviy 
xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ular irodaviy sifatlarini 
rivojlantirishning yo‘llari, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar irodasini 
mustahkamlash bilan aloqador tasavvurlarning shakllanishi masalalari rus olimlaridan 
K.N. Kornilov, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov, B.G.Ananyev, N.D.Levitov, 
A.V.Vedenov, V.A.Kruteskiy, P.A.Rudik, A.S.Puni, V.K.Kalin, L.S.Vigotskiy va 
boshqalar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. Mamlakatimiz olimlaridan 
E.Gʻ.Gʻoziyev, G.Q.To‘laganova, R.I.Sunnatova kabilarning izlanishlarida 
o‘smirlarda iroda shakllanishi muammosi tahlil qilingan. 
O‘smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, 
farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo‘lamiz. O‘smirlik yoshiga 
xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy 
(1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda o‘smir 
psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy 
konsepsiyalarning interpretasiyasi berilgan. 
S.Xoll (1940) o‘zining rekapitulyasiya nazariyasida o‘smirlik yoshi insoniyat 
rivojlanish tarixining romantik davriga to‘g‘ri kelib, bolalik bilan kattalik orasidagi 
bosqich ekanligini ta’kidlaydi.
O‘smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan yana biri nemis faylasufi va 
psixologi E.Shpranger (1924) o‘smirlik yoshining birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga 
to‘g‘ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutulish sodir bo‘lishini izohladi. 
E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o‘smirlik yoshini shaxs 
shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern “Do‘stingni 
ko‘rsatsang, kimligingni aytaman” degan naqlga “Hayotingdagi eng qimmatli 
kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman” degan ma’no berib, uni 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin