Xususiyatlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
57 Boboyeva Feruza Nosirjonovna 399-409

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(7), July, 2023 
403 
o‘zgarishlarga yuz tutadi. O‘smir shaxsining har tomonlama yetuk shakllanishi, uning 
qiziqishlari ijtimoiylashuvi, ehtiyojlar tizimi, mehnat ustanovkalariga bog‘liq 
jihatlarni to‘g‘ri tarbiyalash kerak. O‘smirlik davridagi maktabdan bezish 
(dezadaptasiya) ga sabab bo‘luvchi affektiv ruhiy hayajon, kuchli ehtiros, jo‘shqin va 
nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro‘y beradigan psixik holat 
jabhalarini o‘rganish lozim. Ayniqsa, ushbu hodisaning tuzilishi, uning kelib chiqish 
sabablari va sharoitlarini o‘rganish o‘smirlar bilan amalga oshiriladigan profilaktik va 
korreksion ishlarning samaradorligini belgilaydi.
O‘smir yoshidagi bolalar psixologiyasi va ularda irodaviy xususiyatlarning 
shakllanishi 
Jahon psixologiyasida iroda va uni tarbiyalash muammolariga bag‘ishlangan 
qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Iroda kategoriyasining tadqiqoti uzoq 
tarixga ega bo‘lib, inson ongi va mohiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab
muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxs irodasining tabiatini tushunishga ilmiy 
yondashuv vujudga kelgan.
XVII asrda Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai 
bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushunish mumkin emas. Chunki uni shaxsiy 
kuch-quvvatning hissiy intilish bilan uzviylikdagi jarayoni, deb qaramoq lozim. 
Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unda bu tarzdagi tasdiqiy 
munosabatning tug‘ilishi irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u mustaqil substansiya sifatida ham tan olinadi. 
Vilgelm Vundtning mulohazasiga ko‘ra, iroda negizida appersepsiya aktining 
sub’yekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Ushbu konsepsiya 
“emosional” yoki “affektiv” tushunchalari bilan psixologiya faniga kirib keldi. 
U.Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga 
qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadir. Har qanday g‘oya dastlab 
dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami 
bilan bir g‘oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir. 
Psixologiyada iroda – bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishishiga 
yo‘naltirilgan ongli faolligi, degan qat’iy fikr qaror topgan. “Iroda” tushunchasi 
mohiyatiga - kishining maqsad qo‘ya olish qobiliyati, o‘z emosiyasini boshqarish va 
xulqini iroda qilishi kiradi.
V.I.Selivanov irodani tadqiq etib, quyidagi xulosalarga kelgan: 
a) iroda – bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish 
shakllarini anglash tavsifidir; 
b) iroda – inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl 
va bosqichlariga taalluqlidir; 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin