Monopsonist o'zi Lichun zarur bo'lgan tovarni, masalan,
qishloq xo'jaligi xom ashyosini oldindan past narxlarda sotib
olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo'yadi. Bu
esa, unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o ‘zi sotib
olayotgan xom ashyoga monopol past narxlarni o'rnatish
imkonini beradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda
katta foyda oladi. Sun'iy ravishda sotilayotgan mahsulot or-
tiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining
navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning
foydasi oshib boradi. Bunga Farb mamlakatlari monopsoniya-
lari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab
chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xom ashyoni misol
tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan a n ’anaviy tarzda
eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, какао va
h.k.)ga ham azaldan o'ta past narxlar o'rnatib kelinadi.
Bir vaqtning o'zida monopoliya va monopsoniya hisob-
lanuvchi firma o'zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli
orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va
monopol past narxlardan foydalanilib, ular o'rtasidagi farq
xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlash-
gandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday hara-
kati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kengayi-
shiga asoslanadi.
U sanoatning ko'plab qayta ishlovchi
korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o'zlarining tayyor
mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o'rnatilgan narx-
larga nisbatan bir necha marta yuqori narx belgidilar.
XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Fransiya, Buyuk Bri-
taniya va boshqa Farb mamlakatlarida agrobiznes sohasining
kengayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga ay-
lanib, uning yordamida yirik firmalar o'rta va mayda fermer-
larni qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.
Dostları ilə paylaş: