«Ergashish» holatida bir
oligopolist tomonidan narx
bo'yicha qilingan o ‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshiril-
ishi)ga qolgan oligopolistlar
tomonidan ham ergashish, ya’ni
shunday o ‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o ‘z
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilar soni hamda
sotish hajmini oshirishga qaror
qilgan oligopolist xatti-
harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasayti-
radilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro‘y berib, bo
zordagi
ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning hatti-
harakati samara bermaydi.
«Inkor etish» holatida bir
oligopolist tom onidan narx
bo'yicha qilingan o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshiril-
ishi)ga qolgan oligopolistlar
tomonidan inkor etish, ya’ni hech
qanday javob o ‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshir-
gan chog‘ida ro‘y beradi, ya’ni qolgan
oligopolistlar tovarlari
narxlarini oshirmaydilar. Natijada narxni oshirgan oligopolist
o ‘z iste’molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib chiqariladi.
Yuqorida bayon etilgan holatlar
natijasida oligopolist-
firmaning talab egri chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini
oladi (
6
-chizma). Bunday holatni birinchi boMib XX asming
40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bergan.
298
www.ziyouz.com kutubxonasi