doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi
belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tari-
flari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil)
kelishilgan ulguiji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish
to ‘xtatildi. Q at’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga
solib
turiladigan
narxlarda
sotiladigan
tovarlar
va
ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994
yil oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining
narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xiz
matlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqti-
sodiyotni
isloh
qilishning
birinchi
bosqichi
narxlarni
bosqichma-bosqich (uch bosqichda) toMiq erkinlashtirish bilan
tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va
ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat
tom onidan turli kompensasiyalar maqsadidagi jam g‘armalar
tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam
miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun
nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam
ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: