Saylov huquqi bilan fuqarolarni t a ’minlash
faqat milliy qo-
nunchiligimizda belgilangan bo'libgina qolmay, saylov huquqi
ning ahamiyati xalqaro hujjatlarda ham qayd qilingan, jumladan,
“Inson huquqlari u m u m jah on Deklaratsiyasi’ ning 21-moddasida:
“Har bir inson bevosita yoki erkinlik bilan saylangan vakillari
vositasida o'z m am lak atin i boshqarishda ishtirok etish huquqiga
egadir”, - deb belgilab qo'yilgan.
O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida:
“O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakil-
lik organlariga saylanish huquqiga egadirlar” - deb ko'rsatilgan.
Fuqarolarning saylov huquqi - saylash va saylanish huqu-
qidan iborat. S h u ikkala huquqqa to'la ega bo'lgandagina
saylov
huquqi am alga o sh g an hisoblanadi.
Yuridik adabiyotlarda fuqarolarning saylash huquqini aktiv
saylov huquqi, saylanish huquqi esa, passiv saylov huquqi deb
yuritiladi. U larga ega bo'lishda ba’zi talablar qo'yiladi.
Saylash h u quqiga m a ’lum yoshga yetgan mamlakatning bar
cha fuqarolari ega bo'ladi. Konstitutsiyaga btnoan sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek,
sud hukmi bilan
ozodlikdan m a h ru m etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar say
lash huquqiga ega em as. Chunki, muomalaga layoqatsizlar aqliy
tomondan ojiz, ongsiz kishilar bo'lib, ular o'z xatti-harakatining
oqibatini anglay olmaydi, tushunmaydi. Ozodlikdan mahrum qi
lish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi ma lum davrga
cheklangan, chunki, u joylarda alohida rejimda yashashga to g ri
keladi. Ozodlikdan m ahrum qilish joylaridan ozodlikka chiqqan-
dan so'ng, ular yana saylash huquqiga ega bo ladi.
Fuqarolarning saylanish huquqiga
ega bo lishi uchun ham
ayrim
shartlar, ch egaralar o'rnatiladi:
• sud tom onidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuning
dek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlana-
yotganlar saylash huquqiga ega bo'lmaganidek, saylanish huqu-
4>ga ham ega em as;
,
. ,
-
saylash huquqiga ega bo'lish
uchun yosh <
chegarasi 1ham
yuqoriroq o'rnatiladi. Masalan, O'zbekistonda Prezident bo lib
saylanish uchun 35 yoshga, Oliy Majlisga saylanish uchun
285
www.ziyouz.com kutubxonasi
25 yoshga, mahalliy vakillik organlariga saylanish u ch u n 21 yosh
ga to'lg an bo‘lish kerak. Xuddi shuningdek, say lan ish huquqiga
ega bo'lish uchun boshqa talablar ham o'rnatiladi. M asalan , mam
lakat hududida m a ’lum yil yashagan bo'lishi, til bilishi va hokazo.
Bu masalalarga keyingi mavzularda kengroq to'xtalinadi.
O 'zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqida
qo'llaniladigan shartlar, chegaralar boshqa d e m o k ra tik mamlakat-
lar qonunlarida ham belgilangan.
Fuqarolar saylov huquqlarini amalga oshirish jarayonida faqat
saylash va saylanish huquqidangina em as, boshqa huquqlardan
ham foydalanadi. M asalan, nomzod ko'rsatish , saylov komissi-
yalari
tarkibida ishtirok etish, nomzodlar to 'g 'ris id a m a ’lumotlar
olish, kuzatuvchilar tarkibida ishtirok etish va boshqalar.
Fuqarolarning saylov huquqlari qo'sh im ch a ravishda “Fuqa
rolar saylov huquqlarining kafolatlari to 'g 'r is id a ”gi Q o n u n 1 bilan
t a ’minlanadi. Bunday maxsus qonunning borligi mamlakatimizda
fuqarolarning saylov huquqlari himoyasiga alohida e ’tibor qaratil-
ganligini ko'rsatadi.
Fuqarolarning saylov huquqlarini am alga oshirishiga turli
yo'llar bilan to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik mavjudligi say
lov to'g'risidagi qonunlarda belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, O 'zbekiston Respublikasi J in o y a t kodeksi-
da saylov qonunlarini buzganlik uchun
alohida moddalarda jinoiy
javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining 146—147-moddala-
rida fuqarolar saylov huquqlarining har q anday buzilishiga olib
keluvchi hoiatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Saylovlar m a’lum prinsiplarda o'tkazilib, ular demokratik
talablarga, xalqaro hujjat normalariga mos bo'ladi.
Konstitutsiyada saylov umumiy, te n g va to'g 'rid a n to'g'ri say
lov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazilishi, har
bir saylovchi bitta ovozga ega ekanligi, ovoz berishda fuqaro о z
xohish-irodasini erkin bildirishi ko'rsatib qo'yilgan (117-modda).
Ana shular saylov huquqining asosiy prinsiplari bo'lib, saylov
to'g'risidagi qonunlarda har biri alohida moddalarda berilgan.
Dostları ilə paylaş: