Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix08.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#83542
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

4-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatida senzuraga 
yo'l qo‘yilm asligi
O 'zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida so'z va axborot 
erkinligi m u stah kam lab qo'yilishi bilan birga, axborot olish va tar- 
qatishda ayrim cheklashlar bo'lishi ham belgilab qo'yilgan. Unga 
asosan faqat konstitutsiyaviy tuzum ga qarshi axborotlarni chek- 
lash mumkin. Shuningdek, davlat siriga taalluqli cheklashlar ham 
bo'lishi belgilanadi.
M amlakatimizda maxsus “Davlat sirlarini saqlash to'g'risida gi 
qonun mavjud bo'lib, unda: “Davlat tomonidan qo'llaniladigan va 
maxsus ro'yxatlar bilan chegaralab qo'yilgan alohida ahamiyatli, 
mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy 
va o'zga m a’lumotlar O'zbekiston Respublikasining davlat sirlari 
hisoblanadi”, — deb belgilangan. Bunday malumotlarni oshkor qi­
lishga hech qanday jurnalist, ommaviy axborot vositalari haqli emas.
257
www.ziyouz.com kutubxonasi


Konstitutsiyasining 67-moddasida “S en zu rag a yo'l qo'yilmay- 
di”, degan qoida mavjud. S enzura m a ’lumotlarni elon qilingunga 
qadar o'qish, uni tarqatish, qo'shim chalar kiritish yoki umuinan 
nashr qilishni cheklashdir. O m m aviy axborot vositalarida e’lon qili- 
nayotgan ma’lumotlarda davlat siriga zid, konstitutsiyaviy tuzum- 
ga qarshi m a’lumotlar bo'lmasa, ularni o'zgartirish, qo'shimcha 
kiritish, ayrimlarini olib tashlashga yo'l qo'yilmaydi, deg an qoida 
shu m a’noni beradi.
Ommaviy axborot vositalarida sen zu rag a yo'l qo'yilmasligi 
qoidasining konstitutsiyaga kiritilishi sababi, avvalgi tu z u m (sovet 
tuzumi)da ommaviy axborot vositalari nashriy faoliyati nihoyatda 
senzuralashgan, hech qanday m a’lumot avvaldan o'qib chiqmas- 
dan, tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritm asdan, ayrim joy- 
lari olib tashlan m asd an nashr qilinmas edi.
Senzura ommaviy axborot vositalarining erkinligini, um um an 
so'z, fikr erkinligini cheklovchi kuchli vosita edi. Konstitutsiyada om­
maviy axborot vositalari faoliyatida sen zu rag a yo'l qo'yilmasligini 
belgilovchi qoidaning kiritilganligi, om m aviy axborot vositalari
um um an jamiyatda so'z, fikrlash erkinligini ro'yobga chi-qaruvchi, 
ta’minlovchi muhim shart hisoblanadi.
S enzuraning yo'qligi ommaviy axborot vositalari o'rtasida 
sog'lom raqobatning mavjud bo'lishini, kuchayishini, jurnalist- 
larning ijodiy tashabbuskorlik faoliyati rivojlanishini t a ’minlovchi 
muhim vositasidir.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taalluqli barcha qo­
nunlarda ham senzuraga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yilgan.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunlarda 
qanday masalalarda m a’lumotlar oshkor qilinmasligi ham belgilab 
qo'yilgan. Bular xavfsizlik, fuqaro m anfaatlaridan kelib chiqadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin