BESHINCHI BO‘LIM
0 ‘ZBEKIST0NNING MA’MURIY-
HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
XVIII bob.
Davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi
l-§. D a v la t tuzilishi shaklining umumiy tasnifi
Davlat tuzilishi bu davlat hokimiyatini mam alakat hududi
bo'yicha tashkil qilish, hududlardagi davlat organlarining,
marka-
ziy davlat o rganlarining munosabatining belgilashning alohida
shaklidir.
Bunday m unosabatlar (markaz va hudud munosabati) kichik
davlatlarda oson, hal qilinsa, yirik, ko‘p millatli davlatlarda qiyin
hal qilinadi. Davlat tuzilish shakli masalalari davlat va huquq na-
zariyasi fanida chuqur va har tomonlama o'rganiladi.
Davlat va huquq nazariyasiga binoan,
davlat tuzilishining uch
ko'rinishi mavjud bo'lib, ular unitar davlat, federativ davlat va kon-
federativ davlatdir.
Federativ davlat bu davlat tuzilishlarning ittifoqi, federatsiya
ma’lum mustaqillikka ega subyektlarning ittifoqi hisoblanadi. Fede
ratsiya subyektlari ba’zi mamlakatlarda mustaqil bo'lib, ayrim va
kolatlarini federatsiyaga ixtiyoriy o'tkazadi va barcha subyektlar bir
xil huquqiy m aqom ga ega bo'ladi. Bunday davlatlarda federatsiya
hududi, subyektlar hududidan iborat bo'ladi,
federatsiya subyekt-
larining konstitutsiyalari, fuqaroligi, alohida qonunchilik, ijro, sud
hokimiyati organi bo'ladi. Bunday davlat tuzilishidagi mamlakatga
AQSh, Hindiston, Braziliya, Rossiyani kiritish mumkin.
Unitar davlat bu davlat tuzilishining oddiy ko'rinishi,
uning
tarkibida boshqa davlat tuzilmalari yo'q, hududiy birliklari musta
qillikka ega emas. Yagona konstitutsiya, yagona fuqarolik, Oliy
qonunchilik, ijro va sud hokimiyati ham markazlashgan shaklda
tuzilgan va faoliyat olib boradi. Bu mamlakatlar qatoriga Fransiya,
Italiya, Yaponiya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmanis-
tonni kiritish mumkin.
259
www.ziyouz.com kutubxonasi
O'zbekiston ham unitar m a m lak a tla r qatoriga kiradi.
Lekin
u n in g tuzilishida ayrim federativ davlatlarga xos xususiyatlar ham
mavjud.
M asalan, O'zbekiston tarkibida davlat tuzilishiga xos bo'lgan
Qoraqalpog'iston Respublikasi mavjud. U ning o'zining konstitu-
tsiyasi, qonunlari, hududi, fuqaroligi, oliy qonunchilik, ijro va sud
hokimiyati organlari mavjud.
Q oraqalpog'iston va O 'zb ek iston m u n o sab ati federativ mu
nosabatlar asosida qurilm agan. F ederatsiya bir necha te n g hu
quqli subyektlar ittifoqi bo'lsa, bu yerda te n g huquqli federa
tsiya subyektlari yo'q. O 'z b ek isto n n in g K onstitutsiyasi, qonun
lari Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida
bajarilishi majburiy
va Qoraqalpog'iston qonunlari O 'zb ekisto n qonunlari ustunligini
to'la tan oladi.
Lekin Q o raq alp o g 'isto n da davlat tu z ilish ig a xos bo'lgan
u n in g mavqeini, O 'z b e k is to n n in g boshqa tu z ilm a la r id a n farqini
ko'rsatuvchi holatlar mavjud bo'lib, bu haqda keyingi boblarda
to'xtalam iz.
Davlat tu z ilish in in g n aza riy jih atd an u ch u n ch i shakli kon-
federatsiya hisoblanadi. Bu tu s h u n c h a a s o s a n bir n e ch a suveren
d avlatlarning ittifoqiga n isb atan ishlatiladi. Bu ko'pincha,
davlat
huquqiy m u n o sabatig a n isbatan x alqaro-huquqiy m u n o s a b a t xa-
rakterida bo'ladi. Ayrim p aytlarda konfederatsiya federatsiyaga
o'tishda foydalaniladigan shakl sifatida h am nam oyon bo'lishi
m um kin. M asalan , AQSh Konfederatsiyasi, AQSh federatsiyasi-
ga aylangan. Hozirgi kunda S h v ey tsariy a va K anada konfedera
tsiya hisoblanadi,
aslida esa, ular ham allaqachon federatsiyaga
aylangan.
Federatsiya davlat tuzilishidan Sobiq Ittifoq foydalangan. Un
da davlatning bu shakli milliy m asalalarni hal qilish usuli deb
qaralgan.
Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan ittifoqchi respublikalar rasman
suveren respublika hisoblansada, ular mustaqil hech narsani hal
qila olmagan, xalqaro munosabatlarda ishtirok eta olmagan. SSSR
haddan tashqari markazlashgan ittifoq davlati bo'lgan.
260
www.ziyouz.com kutubxonasi