Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 337,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix02.01.2022
ölçüsü337,59 Kb.
#46713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MDH davlatlarida yashash standarti va unga valyuta kursining ta'siri

www.sharqjurnali.uz 

                                                                                                                                

10

 

moslashish  va  uning  salbiy  oqibatlarini  minimallashtirish  orqali  “avtomatik 



stabilizator” funksiyasini bajaradi. 

Tashqi  omillarning  ta’siri  kuchaygan  sharoitda  ayirboshlash  kursini 

barqarorlashtirish  boʻyicha  pul-kredit  siyosati  imkoniyatlarining  cheklanganligini 

inobatga  olgan  holda  Markaziy  bankning  asosiy  e’tibori  valyuta  kursi 

oʻzgarishlarining  salbiy  oqibatlarini  yumshatishga,  ya’ni  ichki  narxlar  oshishining 

oldini olishga qaratiladi. 

Xususan,  devalvatsiya  jarayonlari  yuzaga  kelganda  Markaziy  bankning  foiz 

siyosati  monetar  omillarning  inflyatsiyaga  ta’sirini  kamaytirish,  soʻmning  xarid 

qobiliyatini  saqlab  qolish  va  milliy  valyutadagi  moliyaviy  aktivlarning  (aholi  va 

xoʻjalik 

yurituvchi 

sub’yektlarning 

jamgʻarmalari)  qadrsizlanishiga 

yoʻl 


qoʻymaslikka qaratiladi. 

Valyuta kursining erkinlashtirilishi oqibatida tijorat banklari kredit portfelining 

xorijiy  valyutadagi  qismi  boʻyicha  vujudga  kelishi  mumkin  boʻlgan  oʻzgarishlar  va 

ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan 

ishlarning  Markaziy  bank  tomonidan  tahlil  etilishi  natijasida  Markaziy  bank  tijorat 

banklari boshqaruvlariga: 

-  Xorijiy valyutada kredit olgan har bir mijoz bilan birgalikda ushbu kreditlarni 

qaytarish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish; 

-  Oʻrganish natijasida mijozning pul oqimi amaldagi kredit shartnomasi boʻyicha 

oʻz majburiyatini amalga oshirishga yetmagan taqdirda, mijoz bilan birgalikda, 

oylik  toʻlovni  2017  yilning  sentyabr  oyiga  qadar  amalga  oshirilgan  toʻlov 

miqdoridan  kamaytirmagan  holda,  asosiy  qarzni  qaytarish  miqdorini  keyingi 

muddatlarga  oʻtkazish  orqali  kamaytirish  yoki  kreditni  qaytarish  muddatini 

uzaytirish  yuzasidan  kredit  shartnomasiga  tegishli  oʻzgartirishlar  kiritish 

masalasini koʻrib chiqishni tavsiya qildi. 

Xulosa qilib aytganda, pul oʻtkazmalari rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy 

valyuta  tushumi  manbaiga  aylanmoqda.  Pul  oʻtkazmalari  orqali  kirib  kelgan  xorijiy 

valyutalar  inflyatsiyani  devalvatsiyaga  nisbatan  oshishiga  olib  keladi  va  mamlakat 

eksportiga  salbiy  ta'sir  etadi.  Ammo  valyuta  munosabatlari  qattiq  tartibga 

solinayotgan  mamlakatlarda  xorijiy  valyutaga  boʻlgan  talab  juda  yuqori  boʻlishi 

mumkin.  Natijada  pul  oʻtkazmalari  real  valyuta  kursiga  ta’siri  sezilarsiz  boʻladi  va 

bunday  holatlarda  pul  oʻtkazmalarini  yanada  rivojlantirish  iqtisodiy  islohotlarni 

oʻtkazishda ijobiy ta’sirga ega boʻladi. Oʻzbekistonda pul oʻtkazmalari hajmi yildan 

yilga  oshib  borayotganligi  muvozanatli  valyuta  kursining  yuqoriga  qarab  siljishiga 

sezilarli ta’sir etmoqda. 

Valyuta  bozorini  liberallashtirish  orqali  eksportchi  korxonalar  faoliyatiga 

ijobiy  ta’sir  ko‘rsatish  mumkin.  Xususan,  valyuta  bozorining  liberallashtirilishi 

va almashuv  kursini  shakllantirishda  bozor  mexanizmlarining  joriy  etilishi  milliy 




“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил 

www.sharqjurnali.uz 

                                                                                                                                

11

 

eksportchi  korxonalar  xo‘jalik  faoliyatini  ragʻbatlantirib,  mahalliy  mahsulot 



va xizmatlarning  narx  raqobatbardoshligi  darajasini  yaxshilashga  xizmat  qiladi.  Bu 

esa  o‘z  navbatida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rag‘batlantiradi,  ishlab 

chiqarishda  aholi  bandligi  ta’minlanadi  va  aholi  turmush  darajasini  yaxshilashga 

yordam beradi.  



Yüklə 337,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin