www.sharqjurnali.uz
4
kam miqdorga ega boʻladi. 2016-yilda MDH boʻyicha aholi jon boshiga toʻgʻri
keluvchi oʻrtacha YaIM 4 200 dollardan koʻproqni tashkil etdi.
4
Bir vaqtda Jahon
Bankiga koʻra Germaniyada bu koʻrsatkich 42 200 dollarga toʻgʻri keladi.
5
Bir
qarashda Germaniyada yashash standarti MDH davlatlarnikiga qaraganda 10 barobar
yaxshidek koʻrinadi. Yoki, MDH davlatlari oʻrtasidagi rasmiy kursda hisoblangan
YaIMga e’tibor qilsak ham katta farqlar koʻzga tashlanadi. Misol uchun, bu guruhda
eng yirik koʻrsatkich Rossiyada 8 748 dollar va eng kam koʻrsatkich Tojikistonda
795 dollarni tashil etadi. Koʻrsatkichlar Rossiyada Tojikistonga nisbatan YaIM 11
barobar koʻp ekanligini ifodalamoqda. Lekin bu koʻrsatkichlar narxlar darajasi haqida
juda kam ma’lumot beradi.
MDH davlatlarida aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi haqiqiy YaIM past, yoki
juda past boʻlib, bu shundan dalolat beradiki, rasmiy valyuta kurslari narx
darajalariga juda katta ta’sir qiladi. Shuning uchun XQP ni hisoblash muhim
ahamiyat kasb etadi.
XQP hisoblangandan soʻng oʻrtacha yashash standarti (aholi jon boshiga
toʻgʻri keluvchi YaIM) asliga nisbatan toʻrt barobarga ortdi. Demak, MDH
mamlakatlarida milliy valyutalar ancha past baholanar ekan.
XQP orqali toʻgʻirlangan koʻrsatkichlar tufayli, endilikda Rossiya 27 900
dollar bilan eng yuqori yashash standartiga (aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi YaIM)
erishdi. Tojikiston uchun bu koʻrsatkich 3 100 dollarni tashkil etdi. Lekin oradagi
farq oʻn bir baravardan yoʻqqiz baravargacha kamaydi.
Yuqoridagi jadvalda, shuningdek, MDH davlatlari uchun VKI (valyuta kursi
indeksi) i ham berilgan. VKI hisoblab chiqilgan XQP iga aholi jon boshiga toʻgʻri
keluvchi YaIMning nisbati orqali ifodalangan. Rasmiy valyuta kursi har bir davlatda
qoniqarli narx darajasini aks ettirishi kerak. Agar bozorlar mukammal boʻlganda edi,
rasmiy kursda olingan YaIM va hisoblangan XQP oʻrtasida hech qanday farq
boʻlmas edi. Yuqoridagi jadvalda esa ikkita koʻrsatkich biri biridan keskin farq qiladi
va MDH mamlakatlari boʻyicha oʻrtacha VKI 3,14 ga teng.
VKI koʻrsatkichi shuni anglatadiki, MDH hududiga gʻarbdan tashrif
buyuruvchining yuz dollari unga uch barobar xarid qobiliyatini taqdim etadi. Chunki
MDH davlatlaridagi oʻrtacha iste’molchi savati narxi uning gʻarbdagi ekvivalentining
uchdan biriga teng. Lekin bu holatda shuni nazardan chetda qoldirmaslik kerakki,
gʻarbdan kelganlar uchun bu ustunlik faqatgina oʻrtacha iste’mol mahsulotlarini sotib
olishda asosli boʻlib, hashamatli mehmonxonalar va shunga oʻxshash joydalardagi
narxlarga bogʻliq emas.
MDH mamlakatlari fuqarosi Gʻarbga tashrif buyurgan vaqtda esa, u gʻarb
valyutasini sotib olish jarayonida pulining past baholanishi bilan “jazolanadi”.
4
www.worldbank.org/indicator
5
http://data.worldbank.org/indicator/NY.GDP.PCAP.CD
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
Dostları ilə paylaş: |