www.sharqjurnali.uz
7
tezkor xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Aholiga valyuta
ayirboshlash operatsiyalari boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun bank infrastrukturasini
kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda.
2. Jismoniy shaxslarning konversion kartalaridan chet elda foydalanish
boʻyicha barcha cheklovlar bekor qilindi, xususan:
- bankomatlar orqali cheklanmagan miqdorda naqd chet el valyutasini
yechish imkoniyati yaratilib, barcha mavjud kunlik va oylik cheklovlar
bekor qilindi;
- konversion kartalardan foydalanishda mamlakat va turli xil maqsadlar
boʻyicha oʻrnatilgan cheklovlar bekor qilindi. Endilikda ushbu kartalarʻ
orqali dunyoning barcha mamlakatlarida istalgan doʻkon, mehmonxona va
toʻlov qabul qilish imkoni mavjud boʻlgan nuqtalarda toʻlovlarni amalga
oshirish mumkin;
- konversion kartalardagi mablagʻlardan Oʻzbekistondagi banklar orqali
tegishli hujjatlar (invoys) taqdim etgan holda davolanish, oʻqish va boshqa
maqsadlar uchun foydalanish mumkin.
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini sotib olish imkoniyati
berildi. Natijada iste’mol tovarlari importi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi
tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun oʻrnatilgan tartibda,
banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat berildi (xarid qilingan chet el
valyutasi bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va mijozga xalqaro toʻlov kartasi taqdim
etiladi).
Shu munosabat bilan, yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini
cheklanmagan miqdorda xarid qilib, ushbu mablagʻlarni oʻz xohishiga koʻra, joriy
xalqaro operatsiyalar (tovar va xizmatlar importi) toʻlovlari uchun yoʻnaltirishlari
mumkin. Bunda chet el valyutasini xarid qilishda savdo tushumi va bankka kirim
qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar xarid qilingan chet el valyutasini cheklovlarsiz
foydalanishlari mumkin:
- mamlakat hududidan tashqarida - xalqaro toʻlov kartalari orqali, shu
jumladan bankomat orqali naqd chet el valyutasini yechib olish yoʻli bilan;
- mamlakat hududida - tasdiqlovchi hujjatlar (invoys yoki toʻlov uchun
hisob, import shartnomasi va b.) asosida bank oʻtkazmasi yoʻli bilan.
4. Doimiy ravishda aholining chet el valyutasiga boʻlgan talabini qondirish
uchun yangi bank instrumentlari joriy qilinmoqda. Xususan, aholiga qulaylik yaratish
maqsadida:
Konversion kartalar orqali mehmonxona, aviachiptalar, onlayn-doʻkonlardagi
xaridlar va boshqa maqsadlar uchun internet-toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
Dostları ilə paylaş: |