Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 337,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix02.01.2022
ölçüsü337,59 Kb.
#46713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MDH davlatlarida yashash standarti va unga valyuta kursining ta'siri

www.sharqjurnali.uz 

                                                                                                                                

6

 

Oʻz  navbatida,  chet  ellik  yuk  tashuvchilarning  xizmatlari  uchun  toʻlovni 



amalga  oshirish  joriy  xalqaro  operatsiya  hisoblanadi  va  u  boʻyicha  rezident  yuridik 

shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining  2001  yil  10  iyuldagi  294-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Birjadan 

tashqari  valyuta  bozorida  xorijiy  valyutani  xarid  qilish  va  sotish  operatsiyalarini 

oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom” ga asosan amalga oshiriladi. 

Mamlakat hududida vositachilik (komissiya) shartnomasi asosida chet el valyutasida 

hisob-kitoblarni  amalga oshirish toʻgʻrisida  kelib  tushayotgan murojaatlar  yuzasidan 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  ma’lum  qilishicha  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  2  sentyabrdagi  «Valyuta  siyosatini 

liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5177-

sonli  Farmoniga  koʻra,  Oʻzbekiston  Respublikasi  hududida  tovar  (ish  va  xizmat)lar 

uchun  toʻlovlarni  chet  el  valyutasida  amalga  oshirish  taqiqlanadi,  xalqaro  tajribaga 

muvofiq xalqaro toʻlov kartalari orqali toʻlovlar bundan mustasno. 

Farmonini  ijro  etish  uchun  Oʻzbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

Boshqaruvining  qaroriga  muvofiq  Tijorat  banklari  tomonidan  xorijiy  valyutadagi 

hisobvaraqlarni yuritish Tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (1998 yil 22 

oktyabr 511-son). 

Yuqorida  qayd  etilgan  oʻzgartirishlar  va  qoʻshimchalarga  koʻra,  chet  el 

valyutasida  daromad  oluvchi  yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan  faoliyat  koʻrsatuvchi 

yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer xoʻjaliklariga oʻz mablagʻlarini erkin tasarruf 

qilishlarini kafolatlash maqsadida, ularning bank  hisobvaragʻidan chet el valyutasini 

naqd koʻrinishida olish huquqi berildi. 

Markaziy bank tomonidan valyuta kursining erkinlashtirilishi natijasida tijorat 

banklari  kredit  portfelining  xorijiy  valyutadagi  qismi  boʻyicha  vujudga  kelishi 

mumkin boʻlgan oʻzgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan 

amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar tahlil etildi. 

Mamlakat  hududidagi  barcha  toʻlovlar  milliy  valyutada  amalga  oshirilishi 

lozimligini inobatga olib hamda noqonuniy va spekulyativ operatsiyalarni oldini olish 

maqsadida ehtiyoj uchun zarur boʻlgan valyutani qonuniy ravishda erkin xarid qilish 

imkonini beruvchi chet el valyutasini sotib olish tartibi joriy etildi. 

Chet  el  valyutasi  oldi-sotdisi  boʻyicha  bank  xizmatlarining  ommabopligini 

ta’minlash uchun  Markaziy  bank va tijorat  banklari tomonidan  qator  chora-tadbirlar 

amalga oshirildi.

7

 



1.  Barcha  viloyatlarda  keng  qamrovli  valyuta  ayirboshlash  shoxobchalari 

tarmogʻi yaratilib, hozirda ularning umumiy soni 900 dan oshdi va ularda mijozlarga 

                                                           

7

 



http://m.cbu.uz.uzc/press-tsentr/press-relizy/2017/12/96186/

 “Chet el valyutasi oldi-sotdisi boʻyicha bank xizmatlari 

ommabopligini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 

 



“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил 


Yüklə 337,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin