Yakuniy nazorat savollari



Yüklə 263,06 Kb.
səhifə9/11
tarix15.02.2023
ölçüsü263,06 Kb.
#84393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasbiy Psixalogiya. savollar banki (2)

makro bosqichdagi ta’sirlar, ya’ni keng ma’nodagi ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta’sirlari;

mikro bosqichdagi ta’sirlar, yoki odamni bevosita o’rab turgan muhitdagi ijtimoiy muloqot va muomaladan ta’sirlanishi.



  1. Shaxsdagi sog‘lom e’tiqod va mafkuraviy tasavvurlaming shakllanishi.

Shaxsga jamiyatning ta’siri eng avvalo uning ma’naviy tasavvurlarida, dunyoqarashida, hayotga bo’lgan munosabatlarida aks etadi. Shu ma’noda mafkuraviy ongning mazmuni va sog’lom e’tiqodlar ham ijtimoiy muhit va unda o’rnashib qolgan mezonlar asosida shakllanadi


Psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo’lsak, bugun jamiyatimiz a’zolari ongida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyalarining genezisi, ya’ni kelib chiqib, ongga o’rnashishi jarayoni bir qator ijtimoiy-psixologik holatlarni o’z ichiga oladi.


  1. Shaxs ijtimoiylashuvining asosiy mezonlari.

  2. Shaxs, uning dunyoni bilishi, o’zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni anglashi, tushunishi va o’zaro munosabatlar jarayonida o’zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog’liq ayrim jihatlarini tahlil qilish bizga umumiy ravishda shaxs – jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug’ilgan onidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyoti, ya’ni tug’ilgan onidan, to umrining oxirigacha bo’lgan taraqqiyoti davriga e’tibor beradigan bo’lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi hayotining ilk daqiqalaridayoq, o’ziga o’xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning barcha ko’rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi. Shu nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializasiya deb yuritiladi.

  3. Demak, sosializasiya yoki ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv – har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni namoyon etishi, kerak bo’lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayonidir.

  4. Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga ko’rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o’zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10-15 nafar kishidan iborat akademik lisey talabalarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o’qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 talabaning har biri shu ta’sirlarni o’zicha, o’ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o’quv ko’rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o’sha biz yuqorida ta’kidlagan ijtimoiylashuv va individualizasiya jarayonlarining o’zaro bog’liq va o’zaro qarama-qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.


  1. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs hayotiy yo‘nalishining shakllanishi.

Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli – bu uning hayotda o’z o’rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning yo’nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs hayot-faoliyatini yo’naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg’un, barqaror motivlar majmuiga ega bo’lishlik shaxsning yo’nalganligi deb ataladi.





26-rasm. Shaxs yo’nalganligining eng muhim tarkibiy qismlari


Yüklə 263,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin