Yakuniy nazorat savollari


Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Tasavvur



Yüklə 263,06 Kb.
səhifə4/11
tarix15.02.2023
ölçüsü263,06 Kb.
#84393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasbiy Psixalogiya. savollar banki (2)

Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
Tasavvur – biz ilgari idrok qilgan narsa va hodisalar obrazini ayni choqda fikran qayta tiklashimizdir.
Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq bo’lmaydi.
Xotira – o’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir (12-rasm).




12-rasm. Xotiraning turlari

U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirishdan iboratdir.


Xayol – biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir.
Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir.
Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o’rtasiga aloqa hamda munosabatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan bilish jarayonidir (13-rasm).


13-rasm. Tafakkurning bo’linishi

Diqqat – ongning biron-bir predmet, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda to’planishidir (14-rasm).
Ongning qaratilishi deganda obyektni tanlab olish nazarda tutiladi, ongning biron-bir narsaga to’planishi esa ana shu obyektga aloqador bo’lmagan barcha narsalarni ong doirasidan tashqarida qoldirish ma’nosini bildiradi.



14-rasm. Diqqatning turlari

Nutq – kishilarning til vositasida o’zaro munosabatda bo’lish jarayonidir.


15-rasm. Nutqning bo’linishi

Ovoz chiqarib talaffuz etiladigan nutqni tashqi nutq, o’ylayotgan paytimizda ovoz chiqarmasdan nutqdan foydalanishimiz ichki nutq deb ataladi (15-rasm).



  1. Idrok va idrok qilish qonunlari.

Shunday qilib, idrok – bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok yuqorida ta’kidlaganimizdek, soat tovushiga o’xshash, o’ziga nisbatan soddaroq bo’lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi.


Figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni. Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo’lgan, bevosita to’qnash kelgan, tanish narsalarini idrok qilishga moyil bo’ladi.

Yüklə 263,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin