Idrokning konstantliligi qonuni. Bu qonun ma’lum ma’noda oldingisiga bog’liq. Ya’ni bunda ham ilgarigi tajriba katta rol o’ynaydi.
Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati.
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo’ladi. Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik obyekt bilan to’qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi. Ya’ni, biz ko’rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ma’noli, kerak bo’lsa, ma’nili bo’lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob – hayotining ma’nosi bo’lsa, dehqon uchun yer va undan olinadigan hosil – ahamiyatli hisoblanadi. Hattoki, bitta narsaning o’zi turli odamlar uchun turli xil ma’no va mazmun kasb etadi. O’sha kitob misolini oladigan bo’lsak, kitob industriyasi bilan shug’ullanuvchi muhandis uchun – ishlab chiqarish mahsuloti, kitob do’koni sotuvchisi uchun – tovar-mahsulot, o’quvchi uchun – ilm manbai, muallif olim uchun – ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir alohida narsaga bo’lgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, qaysi-ki, u goh ijobiy, goh salbiy bo’lsa ham. Shu nuqtai nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag’ishlangan ma’ruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo’lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo’llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so’zning morfologik tahlili – shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.
Tafakkur – inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan hamda mavhumlashgan aks ettirish shaklidir.
Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha o’zining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bo’lgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga: fiziologik psixologiya (eksperimental yo’l bilan bilish jarayonlarini o’rganuvchi fan) va xalqlar psixologiyasi qismlariga bo’lib, oxirgisining tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini ham kiritgan. Uni eksperimental tarzda o’rganib bo’lmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos, deb hisoblagan.
Tafakkur, tafakkuming turlari.
Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir.
Dostları ilə paylaş: |