Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qoʻllash fanidan


Ta‟limning interfaol metodlari



Yüklə 124,51 Kb.
səhifə16/17
tarix26.07.2023
ölçüsü124,51 Kb.
#137520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Raximova Shoxistaning Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda -fayllar.org

Ta‟limning interfaol metodlari. 
Interfaol metodlarning ta‘lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari
Interfaol metod – ta‘lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi
faollikni shirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish,
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta‘limning asosiy mezonlari:
norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati, ma‘ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi,
o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta
guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish
va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta‘lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Interfaol mashg‘ulot samaradorligi omillari
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan
biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan
o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari
kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya
qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib,
rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional
sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish
qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil,
umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar



hamda har bir darajaga muvofiq fe‘llar namunalari bilan ham ifodalanadi,


jumladan:
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi,
aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga
muvofiq fe‘llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza
olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish,
takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar,
sxema,
jadvallarni
tushunadi.
Mavjud
ma‘lumotlar
asosida
kelgusi
oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar
namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima
qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.
Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an‘anaviy
emas, noa‘nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish,
namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob
qilish, tatbiq qilish, hal etish.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va
oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma‘lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish,
tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash,
tekshirish, guruhlash.
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror
tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.
Ma‘lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga
muvofiq fe‘llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish,



rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish,


tuzish, loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya
qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud
ma‘lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi
farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe‘llar namunalari: tashxislash,
isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma‘qullash, baholash, tekshirish,
solishtirish, qiyoslash.
Interfaol usullar ko‘p turli bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv
usullar kabi eng avvalo, o‘qituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik
ko‘rishni talab qiladi.
Shu mashg‘ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini
uning an‘anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko‘rib chiqish orqali
yaqqolroq idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz:
An‘anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar

Asosiy
tushunchalar
An‘anaviy dars
Interfaol dars
1
Qo‘llanish
darajasi
Barcha mavzular
bo‘yicha
ular
uchun
qulay
bo‘lgan dars turlari
shaklida
qo‘llaniladi.
Ayrim mavzular bo‘yicha
interfaol darsning qulay
bo‘lgan
turlari
shaklida
qo‘llaniladi.
Boshqa
mavzular uchun an‘anaviy
dars qo‘llaniladi
2
Dars maqsadi
Dars
mavzusi
bo‘yicha
bilim,
ko‘nikma,
Dars mavzusi bo‘yicha
mustaqil fikrlash, xulosaga
kelish, ularni bayon qilish,



malakalarni


shakllantirish,
mustahkamlash.
himoyalashga o‘rgatish.
3
O‘qituvchinin
g vazifalari va
ish usullari
Yangi
mavzuni
tushuntirish,
mustahkamlash,
nazorat, topshiriqlar
berish.
O‘quvchilarning mustaqil
ishlashlarini
va
taqdimotlarini tashkil qilish,
boshqarish, nazorat, yakuniy
xulosalarni asoslab berish.
4
Darsga
tayyorgarlikka
talablar
Dars
rejasi,
konspekt va didaktik
vositalarni
tayyorlash.
Interfaol dars ishlanmasi,
mustaqil
ishlar
uchun
topshiriqlar,
tarqatma
materiallar, boshqa zarur
vositalarni tayyorlash.
5
O‘quvchilar
tayyorgarligiga
talablar
Oldingi
dars
bo‘yicha vazifalarni
bajarib kelish.
Yangi
dars
mavzusi
bo‘yicha
asosiy
tushunchalarni va dastlabki
ma‘lumotlarni bilish.
6
O‘quvchilarni
ng
vazifalari
vaish usullari
O‘qituvchini
tinglash
va
o‘zlashtirish,
berilgan
topshiriqlarni
bajarish.
O‘qituvchi
bergan
topshiriqlarni
bajarish
bo‘yicha mustaqil fikrlash,
o‘z
fikr,
xulosalarini
boshqalarga solishtirish va
yakuniy xulosaga kelish
7
Vaqttaqsimoti
Dars
vaqtining
ko‘p
qismi
o‘qituvchining yangi
Dars vaqtining ko‘p qismi
o‘quvchilarning
mustaqil
topshiriqlarni bajarishi, fikr



mavzuni
tushuntirishi, tahlil


qilishi,
topshiriqlarni
tushuntirishi,
o‘zlashtirishni
nazorat
qilishiga
sarflanadi.
almashishi,
mushohada
qilishi,
o‘z
xulosalarini
bayon
qilishi
va
himoyalashiga sarflanadi.
8
Darsning mod
ul va algoritmlari
Darsning modul
va algoritmlaridan
har bir o‘qituvchi
o‘zi
qo‘llayotgan
metodga
muvofiq
foydalanadi.
Har bir dars oldindan
tayyorlangan modullar va
algoritmlarga,
loyihalarga
muvofiq o‘tkaziladi.
9
O‘quvchilarda
n
talab
qilinadigan
faollik darajasi
O‘qituvchi
har
tomonlama
faol,
o‘quvchilar diqqatni
jamlash, tushunish,
fikrlash,
topshiriqlarni
bajarish
bo‘yicha
faol.Muloqot
shakllari:o‘qituvchi-
guruh;
o‘qituvchi-
o‘quvchi;
o‘quvchi-
O‘qituvchi
ham,
o‘quvchilar
ham
har
tomonlama faol. Hamkorlik,
hamijodkorlik
shakllari:
o‘qituvchi-o‘quvchi;
o‘quvchi-o‘quvchi;
o‘quvchi-kichik
guruh;kichik guruh-kichik
guruh;o‘quvchi-
o‘qituvchi; kichik guruh-
o‘qituvchi;
guruh-o‘qituvchi.



o‘quvchi;


o‘quvchi-
o‘qituvchi;
guruh-o‘qituvchi;
1
0
Bilimlarni
o‘zlashtirishning
asosiy usullari
Muloqot,
muhokama,
muzokara,
bahs,
munozara,
mulohaza,
tahlil,
mushohada, mutolaa
va boshqalar.
Muloqot,
mutolaa,
mushohada,
muhokama,
muzokara, bahs, munozara,
mulohaza,
tahlil
va
boshqalar.
1
1
Mashg‘ulot
shakllari
Ma‘ruza, seminar,
amaliy mashg‘ulot,
laboratoriya
mashg‘uloti, davra
suhbati,
bahs,
munozara,
konsultastiya
va
boshqalar.
Ma‘ruza, guruh yoki juft
bo‘lib ishlash, taqdimotlar,
bahs,
munozara,
davra
suhbati, amaliy ishlar va
boshqalar.
1
2
Kutiladigan
natija
Mavzu bo‘yicha
o‘quvchilarning
bilim,
ko‘nikma,
malakalarini
o‘zlashtirishlari.
Mavzu
bo‘yicha
o‘quvchilarning o‘z fikr,
xulosalarini shakllantirish,
ularni mustaqil bilim olishga
o‘rgatish.
Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi.



Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg‘ulot turining bir-biriga nisbatan afzal


va kamchilik tomonlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil
qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar
tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu
bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta‘minlaydigan interfaol yoki
an‘anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar yangi
mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki
ma‘lumotlarni bilishlarini ta‘minlash zarur.
Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an‘anaviy
mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.







Yüklə 124,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin