ta‘sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga
ma‘lum axloqiy talablar qo‗yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar
shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‗z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan
axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
O‗qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‗zlashtirib olishi,
tajribada qo‗llashi, o‗zining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan
taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‗rish natijasida
umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‗qituvchining o‗z
axloqiy fazilatiga, e‘tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va
mulohazalari bilan qo‗shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish
sharoitida uning o‗rni va rolini belgilaydi.
O‗qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy
fazilati va e‘tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tiqod va sifatlar o‗qituvchining
dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, tinglovchilar, ota-onalar va boshqa
kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o‗zining shaxsiy
namunasi bilan axloqiy ta‘sir o‗tkazishida ko‗zga tashlanadi.
Pedagogik takt o‗qituvchi axloqining amaliy ko‗rinishlaridan biridir.
Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining
samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo‗ladi.
O‗qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliyaxloqiy
fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog‗liq
tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy
g‗urur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas‘uliyat,
vijdon, halollik, rostgo‗ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‗qituvchi
odobida pedagoglik faoliyati bilan bog‗liq ravishda tahlil qilinadi. Ta‘lim
oluvchilarga yaxshilik qilish, o‗qituvchilik burchi, o‗qituvchilik sha‘ni, qadr-
qimmati, o‗qituvchilik mas‘uliyati, o‗qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli
bo‗lish, o‗qituvchining ma‘naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo‗yligi kabilar
o‗qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta
o‗zlashtirish bo‗lajak o‗qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik nazokat.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta‘limga qaratilayotgan e‘tibor barcha
pedagog xodimlarning o‗z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta‘lim
sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‗shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa
o‗z navbatida ta‘lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar
qo‗yadi.
Ma‘lumki, inson har doim o‗sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson
kamolotiga ta‘sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik
xodim jamoalari to‗g‗ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog xodim, o‗z faoliyatini
turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta‘sirida amalga oshiradi.
Tarbiyachining mahoratini to‗la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik
mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari
to‗g‗risida ma‘lumotga ega bo‗lib, ularning birligi, izchilligini ta‘minlash lozim.
Chunki ularning birini o‗zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‗zgarishiga olib
keladi. Natijada pedagogik mahorat to‗laqonli mazmunga ega bo‗lmay, uni
egallash qiyin bo‗lib qolishi mumkin.