Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qoʻllash fanidan


Zamonaviy tarbiyachi imidji



Yüklə 124,51 Kb.
səhifə13/17
tarix26.07.2023
ölçüsü124,51 Kb.
#137520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Raximova Shoxistaning Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda -fayllar.org

Zamonaviy tarbiyachi imidji. 
Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum
taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an‘analari negizida odamlar
o‗rtasida paydo bo‗lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi.
Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb
qaraladi. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari,
vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta‘lim-tarbiya
jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta‘lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar,
ta‘lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‗ladigan kasbiy-
axloqiy xususiyatlari yig‗indisidir.
Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‗zaro
munosabatlarida namoyon bo‗ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan
nuqtai nazar ekanligini ta‘kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat
tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‗lmaydi, balki uning
butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha
aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini
anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‗z ichiga qamrab oladi.
Axloqiy ta‘lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini
shakllantirishda ikki yo‗nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga
muvofiqdir: birinchisi–jamiyatning o‗qituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisi–
o‗qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati.
O‗qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun
muhim bo‗lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliyaxloqiy
fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‗qituvchitarbiyachilar
uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe‘l-atvorini tartibga
solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi.
Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq
normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri



ta‘sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga


ma‘lum axloqiy talablar qo‗yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar
shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‗z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan
axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi.
O‗qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‗zlashtirib olishi,
tajribada qo‗llashi, o‗zining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan
taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‗rish natijasida
umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‗qituvchining o‗z
axloqiy fazilatiga, e‘tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va
mulohazalari bilan qo‗shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish
sharoitida uning o‗rni va rolini belgilaydi.
O‗qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy
fazilati va e‘tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tiqod va sifatlar o‗qituvchining
dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, tinglovchilar, ota-onalar va boshqa
kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o‗zining shaxsiy
namunasi bilan axloqiy ta‘sir o‗tkazishida ko‗zga tashlanadi.
Pedagogik takt o‗qituvchi axloqining amaliy ko‗rinishlaridan biridir.
Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining
samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo‗ladi.
O‗qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliyaxloqiy
fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog‗liq
tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy
g‗urur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas‘uliyat,
vijdon, halollik, rostgo‗ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‗qituvchi
odobida pedagoglik faoliyati bilan bog‗liq ravishda tahlil qilinadi. Ta‘lim
oluvchilarga yaxshilik qilish, o‗qituvchilik burchi, o‗qituvchilik sha‘ni, qadr-
qimmati, o‗qituvchilik mas‘uliyati, o‗qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli
bo‗lish, o‗qituvchining ma‘naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo‗yligi kabilar
o‗qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta
o‗zlashtirish bo‗lajak o‗qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.



Pedagogik nazokat.


Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta‘limga qaratilayotgan e‘tibor barcha
pedagog xodimlarning o‗z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta‘lim
sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‗shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa
o‗z navbatida ta‘lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar
qo‗yadi.
Ma‘lumki, inson har doim o‗sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson
kamolotiga ta‘sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik
xodim jamoalari to‗g‗ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog xodim, o‗z faoliyatini
turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta‘sirida amalga oshiradi.
Tarbiyachining mahoratini to‗la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik
mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari
to‗g‗risida ma‘lumotga ega bo‗lib, ularning birligi, izchilligini ta‘minlash lozim.
Chunki ularning birini o‗zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‗zgarishiga olib
keladi. Natijada pedagogik mahorat to‗laqonli mazmunga ega bo‗lmay, uni
egallash qiyin bo‗lib qolishi mumkin.






Yüklə 124,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin