Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qoʻllash fanidan


O„qitish metodlarida ta‟lim metodlaridan foydalanish



Yüklə 124,51 Kb.
səhifə15/17
tarix26.07.2023
ölçüsü124,51 Kb.
#137520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Raximova Shoxistaning Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda -fayllar.org

O„qitish metodlarida ta‟lim metodlaridan foydalanish. 
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya
jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq tarbiya mohiyatini yoritishda o'ziga
xos ahamiyatga ega bo'lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari
tushunchasidir. Tarbiya metodi (yunoncha"metodos"-yo'l) tarbiya maqsadiga
erishishning yo'li.
Tarbiya ahamiyatiga tatbiq etilganda, metodlar bu tarbiyalanuvchilarning
ongi, tuyg'ulari, irodasi va xulqiga ta'sir etish usullaridir.
O'qitish jarayonida tarbiya metodlarining ahamiyati juda kata. Chunki, mana
shu metodlardan foydalangan holda ta'lim va tarbiya jarayonini birgalikda olib
boorish mumkin. Metodning ijobiy va salbiysi bo'lmaydi, tarbiya jarayonida
ma'lum yo'lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin
emas. Metodning samaradorligini u qo'llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan
baholash mumkin.
Agar tarbiya metodlari bo'lmaganida ta'lim jarayonini to'g'ri amalga oshirish,
o'qituvchi pedagogik qobiliyatini shakllantirish, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi
o'rtasida to'g'ri munosabatlarni yo'lga qo'yishning imkoniyati bo'lmasdi.
Har bir tarbiyalovchi ta'lim jarayonida yangi metod yaratishga harakat
qiladi. Ammo, tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta
tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo
mavjud, har bir tarbiyachi
WWW.OPENSCIENCE.UZ 146 I M^^BI
o'zining imkoniyatiga ko'ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-
sharoitlariga mos ravishda o'zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida
umumiy metodikani boyitadi.
Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar
mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta mazmun turli xil fikrlar bilan
to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan
emas, balki aniq fikrlar bilan bog'lash g'oyat muhimdir. Tarbiya jarayonida
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.



Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik,


fiziologik va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg'usini
boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida
ta'lim olayotgan o'quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq, har bir
bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida metodlarni maqsadga muvofiq
qo'llay olish zarur.
Hozirgi vaqtda o'zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va
tartiblilkni aks ettiruvchi ko'proq obektiv va qulay metodlar qo'llaniladi. Ana
shunday tavsif bilan bog'liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo'linadi:
1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar
2. Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari
3. Xulq-atvorni va faoliyatni rag'batlantirish metodlari.
Shaxs
ongini
shakllantirish
(ishontirish)
metodlariga
quyidagilar
kiradi:hikoya, tushuntirish, izohlash, maruza, etik suhbat, nasihat, o'git, ko'rsatma,
munozara, namuna. Bu guruhga mansub metodlarning vazifasi asosan, o'quvchilar
ongida milliy g'oyani shakllantirish, davlatning ichki va xalqaro siyosatining
mazmunini tushuntirishdan iboratdir. Bulardan eng ahamiyatlisi-bu hikoya
metodidir.
O'quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan
boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ya'ni ularga turli
adabiyotlardagi hikoyalar yoki real voqealarni aytib berish orqali ular ongiga ta'sir
etish va natijada odob-axloq, tarbiya kabi yuksak fazilatlarni shakllantirish
mumkin.
Hozirgi texnologiyalar asrida atrofimizda yuz berayotgan har qanday voqea-
hodisa va yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari
ya'ni, radio, televizor, gazeta, jurnallar orqali tezda bilib olish mumkin. Ammo,
o'quvchilar jamiyatimizda yuz berayotgan turli voqea-hodisalarni ommaviy
axborot vositalari yordamida emas, balki ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatmoqdalar.
Masalaning bu jihatini olib qaraganda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har
qanday voqeani kuzatish, yangiliklarni eshitish ular ongiga salbiy ta'sir ko'rsatishi



va buning natijasida esa o'qishga qiziqishning susayishi, tarbiyasining buzilishi


kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchilar ta'lim jarayonida
shaxs ongini shakllantiruvchi suhbat, hikoya kabi metodlardan foydalanib
o'quvchilarga yuqorida aytilgan vaziyatlarning salbiy taraflarini ularga o'rnak
bo'ladigandek voqealar asosida
WWW.OPENSCIENCE.UZ 147 I M^^BI
yoritib berishlari, natijada ularda ijobiy tassurotlar uyg'otish, ta'lim olishga
qiziqishni orttirish va albatta insoniy yuksak fazilatlarni shakllantirishga
erishishlari lozimdir.
Faoliyatni rag'batlash va motivatsiyalash metodlari qatoriga: rag'batlantirish,
tanbeh berish, uyaltirish kabi metodlarni kiritish mumkin. Bulardan eng
ahamiyatlisi rag'batlantirish metodi hisoblanadi.
Rag'batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho
berish asosida unga ishonch bildirish, ko'nglini ko'tarish va uni qo'llab-quvvatlash
usulidir. Bu metodni 5-8 sinflarda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu
sinflarga o'smirlik davri to'g'ri keladi. O'smirlik ya'ni inqiroz davrida o'quvchilarda
qarama-qarshi vaziyatlar masalan:ota-onalari, o'qituvchilari bilan ziddiyatlarning
yuzaga kelishi, do'stlari bilan kelisha olmaslik, o'qishga bo'lgan qiziqishning
pasayishi kabilar yuzaga kelishi mumkin.
Shu sababli o'qituvchilar mana shu davrdagi o'quvchilarga rag'batlantirish
metodidan foydalanib, sinfda ularning har biriga amal ( sinf sardori, sport
yetakchisi, orasta qizlar sardori va boshqa) tayinlamog'i kerak.
Shundagina o'quvchi o'zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o'z
kuchiga ishonch, mas'uliyat hissi paydo bo'ladi. Uni hurmat qilishadi, unga
ishonishadi, uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u
jamoada o'z o'rniga ega bo'ladi.
O'qituvchilar rag'batlantirish metodidan foydalanganda o'quvchining yanada
ijobiy sifatlarga ega bo'lishga intilishiga yordam beradi.






Yüklə 124,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin