variantini izlaydi (ko‗p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina
to‗g‗ri yechimda to‗xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda ―kreativlik‖ tushunchasini quyidagicha
sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‗ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo‗ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini
tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik
zehni o‗tkirlikni belgilab beradi, ―ta‘lim oluvchilar e‘tiborini ta‘lim jarayoniga faol jalb etishni
ta‘minlaydi‖.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‗ladi. Ular
quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi
tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, ta‘lim jarayonida samarali foydalanish
mumkin bo‗lgan ijod mahsulotlari sanab o‗tiladi.
Multimedia – bir necha ko‗rinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli,
musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa
axborotlarni uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha
Elektron albom – rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning
izohlarini o‗zida aks ettiruvchi elektron shakldagi to‗plam
Elektron atlas (yun. ―Atlas‖ – birinchi bo‗lib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya
podshosining nomidan) – muayyan o‗quv moduli (o‗quv fani) bo‗yicha tavsiya etilgan va o‗ziga
xos grafik tasvirlarga ega bo‗lib, o‗quv maqsadlariga ko‗ra foydalaniladi
Dostları ilə paylaş: