Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda qoʻllash fanidan


Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik



Yüklə 124,51 Kb.
səhifə8/17
tarix26.07.2023
ölçüsü124,51 Kb.
#137520
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Raximova Shoxistaning Yangi innovatsiyalarni kasbiy faoliyatda -fayllar.org

Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik 
qobiliyatiga ega. Xo‘sh, ular o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta 
olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o‘zingizni 
kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga 
qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning 
ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida 
tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir. 
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‗ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi.
Har tomonlama fikrlash ta’lim oluvchilardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini 
bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda
bir tomonlama fikrlash esa birgina to‗g‗ri g‗oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada
yuritishda masala yuzasidan bir va ko‗p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‗lmaydi.
Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb
etadi. YA‘ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta‘lim oluvchi yechimning bir necha



variantini izlaydi (ko‗p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina


to‗g‗ri yechimda to‗xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda ―kreativlik‖ tushunchasini quyidagicha
sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‗ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo‗ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini
tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik
zehni o‗tkirlikni belgilab beradi, ―ta‘lim oluvchilar e‘tiborini ta‘lim jarayoniga faol jalb etishni
ta‘minlaydi‖.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‗ladi. Ular
quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi
tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, ta‘lim jarayonida samarali foydalanish
mumkin bo‗lgan ijod mahsulotlari sanab o‗tiladi.
Multimedia – bir necha ko‗rinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli,
musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa
axborotlarni uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha
Elektron albom – rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning
izohlarini o‗zida aks ettiruvchi elektron shakldagi to‗plam
Elektron atlas (yun. ―Atlas‖ – birinchi bo‗lib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya
podshosining nomidan) – muayyan o‗quv moduli (o‗quv fani) bo‗yicha tavsiya etilgan va o‗ziga
xos grafik tasvirlarga ega bo‗lib, o‗quv maqsadlariga ko‗ra foydalaniladi

Yüklə 124,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin