hayotiy tajribalariga zid bo‗lgan dalillar bilan to‗qnash keladi. Buning natijasida o‗z ustida
ishlash, mustaqil o‗qib o‗rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari
va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potensialini yanada
rivojlantiradi. Pedagog o‗z-o‗zidan ijodkor bo‗lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‘lum
vaqt ichida izchil o‗qibo‗rganish, o‗z ustida ishlash orqali shakllanadi.
Zamonaviy ta‘lim barcha turdagi ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, ,
pedagoglarning ijodkor bo‗lishlarini taqozo etmoqda.
“
Kreativlik” tushunchasi o‗zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‗arb kishilari uchun
kreativlik,
umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan‘anaviylik,
qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‗usi va erkinlik mavjud bo‗lishiga e‘tiborni
qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha,
kreativlikni ezgulikning qayta tug‗ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.;
Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g‗arblik va sharqliklarning kreativlik
borasidagi qarashlari turlicha bo‗lsada, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va
unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Ko‗pgina pedagog-tarbiyachilar o‗zlarida kreativlik
qobiliyatini mavjud emas, deb
hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-
tarbiyachilar ham aslida ―kreativlik‖ tushunchasi qanday ma‘noni anglatishini yetarlicha izohlay
olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
Dostları ilə paylaş: