Yengil atletika va uni


Aylanish va oxirgi kuch berishga tayyorlanish



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Aylanish va oxirgi kuch berishga tayyorlanish
. Disk uloq ti-
rishdagi aylanish uloqtiruvchining chegaralangan tekislikda (doira da) 
harakat tezligini oshirishi uchun zarur. Uni bajarayotganda uloqti-
ruvchining oldida quyidagi vazifalar turadi:
a) oxirgi kuch berishda samarali foydalanish mumkin bo‘lgan, 
mumkin qadar yuqori harakat tezligiga erishish; 
b) oxirgi kuch berishga keragicha tayyorlanib olish, uloqtiruvchi 
aylanishdagi harakat tezligini tayanib turgan holatdayoq yaratishi 
mumkin. Ammo, burilish ritmi to‘g‘riligini buzmaslik va muskullar 
ortiqcha og‘rimasin uchun, aylanishni keskin boshlash kerak emas. 
Sportchi uloqtirish texnikasini egallashi va jismoniy tayyorgarligining 
yaxshilanishiga qarab, aylanish tezligi oshib borishi mumkin. Ayla-
nish tezligini oshirish uchun, uloqtiruvchi oyoqlariga navbatma-nav-
bat tayanib, tayanch vaziyatida o‘ng oyoqni silkitib oldinga intilish 
mashqlaridan foydalanishi mumkin. Burilish tezligini disk tutgan 
qo‘lni silkitish bilan birga burilish boshlanishida yelka kengligini tez 
burish bilan oshirish maqsadga muvofiqdek tuyuladi. Biroq burilish 
vaqtida qo‘l harakatining tezlab ketishi natijasida muskullar tarangligi 
yo‘qolib, uloqtiruvchi-snaryad sistemasining yaxlitligi qolmaydi, 
oqibatda uloqtiruvchi oxirgi kuch berishga kelganda og‘ir ahvolda 
qoladi. Bularning hammasi diskni boshqarishga va oxirgi kuch berishni 
samarali bajarishga to‘sqinlik qiladi. Disk tutgan qo‘l qanday holatda 
bo‘lishidan qat’i nazar, yelka kamarini tezroq aylantirishga intilmaslik 
kerak. Faqat yelka kamarining aylanish tezligi emas, balki bir butun 
uloqtiruvchi-disk sistemasining tezligi muhimdir.
Disk uloqtirishdagi aylanish, butun gavda bilan birgalikda, chap 
oyoq uchida aylanishdan boshlanadi. Uloqtiruvchi o‘ng oyoqda 
kuch berib va tos suyagini ozroq burib tana og‘irligini chap oyoqqa 
o‘tkazadi. Natijada uloqtiruvchining oyoqlari tizzasi sal sirtga burilib 
tayanib qoladi. Depsingandan keyin, bukilgan o‘ng oyoq aylanayotgan 
chap oyoq atrofidan zarb bilan o‘tib, so‘ngra uloqtirish tomoniga 


414
qarab qadam tashlaydi. Bu vaziyatda gavdaning chapga burilishi 
sekinlashadi. Sonni bukuvchi va tiklovchi muskullarni oldindan 
taranglashuvi oyoqni tez rostlab olishga yordam beradi. Chap oyoqdagi 
turg‘un holat (aylanish vaqtida), yakka tayanchli fazada harakatlarni 
faol bajarish uchun muhim shartdir. O‘ng oyoqni oldinga chiqarish 
bilan tos suyagi ham buriladi, o‘ng oyoq harakatining yo‘qolishi va 
chap oyoq bilan depsinish uloqtiruvchining oldinga siljib, aylanishiga 
yordam berishi kerak. Sonning yuqoriga harakat qilishi gavdaning 
baland ko‘tarilishiga, demak, tayanchsiz vaziyatda ko‘proq turishga 
sabab bo‘ladi. Chap oyoq bilan yuqoriga depsinish ham shunday 
natijalarga olib kelishi mumkin. Aylanish vaqtida disk tutgan o‘ng qo‘l 
o‘ng oyoq ortida turadi. Dastlab u chap oyoqning burilishi bilan bilinar-
bilinmas pasayadi va keyin ko‘tariladi, lekin buni oldindan ongli 
ravishda qilmaslik kerak. Burilish boshlanishidagi qo‘lning anchagina 
pasayishi, disk uloqtirish texnikasida bir qancha kamchiliklarga 
sabab bo‘lishi mumkin. Gavda qancha tik holatda aylana boshlansa, 
qo‘l gorizontal sathga yaqin harakat qiladi. Uloqtiruvchi aylana 
boshlayotganda boshini to‘g‘ri tutadi va bu holatni butun aylanish 
davomida saqlab qoladi. Boshininig chapga keskin va qo‘l burilishi 
elka bo‘g‘inidagi muskullarni ortiqcha taranglashtiradi va elka 
bo‘g‘inini oldinroq burishga olib keladi. Bu uloqtiruvchilar orasida 
ko‘p tarqalgan xatodir. Chap qo‘l harakati turlicha bajariladi. Ba’zi 
hollarda yelka kamarining chapga oldinroq burilishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun, oxirgi kuch berishgacha chap qo‘lni ko‘krak oldida tutib 
turadilar. Ba’zan esa aylanish boshlanishida yelka bo‘g‘ini burilishidan 
oldin chap qo‘lni uloqtirish tomonga, sal orqaroqqa olib boradilar. 
Gavda aylanib olgandan keyin, qo‘l oldingi holatiga qaytadi. Burilish 
vaqtida chap oyoqni tayanchdan uzgandan boshlab to o‘ng oyoqni 
yerga qo‘yishgacha bo‘lgan uchish fazasi eng passiv hisoblanadi. 
Shuning uchun tayanchsiz faza muddatini mumkin qadar qisqartirgan 
ma’qul. Eng yaxshi uloqtiruvchilar o‘ng oyoqni qo‘yish oldidangina 
chap oyoqni yerdan uzadilar, chap oyoq bilan depsinishning oxiridagi 
qadamda sonlarning tomonlarga yozilishi 90° va undan ortiq darajaga 
etadi. Shundan keyin bukilgan o‘ng oyoq poyning oldingi qismi bilan 
yerga qo‘yiladi. Bu uloqtiruvchi ko‘zlagan tomonga o‘ng yoni bilan 


415
burilgan vaqtida sodir bo‘ladi. Uloqtiruvchi o‘ng oyog‘ini yerga bosish 
paytida, chap oyoq orqada qolib, qadam qo‘yayotgan holatda bo‘ladi, 
uning yelka kamari tos suyagiga nisbatan o‘ngga burilgan, disk tutgan 
o‘ng qo‘l orqada, taxminan yelka bo‘g‘imining balandligida, gavda 
sal oldinga engashgan, chap qo‘l ko‘kragi oldida bo‘ladi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin