417
radiusdagi yoy bo‘yicha o‘tishi kerak. Disk oyoqlar depsinishi tugashi
bilanoq uloqtiriladi. O‘ng oyoq depsinib turib, bevosita diskning
uchib chiqishidan oldin yerdan ko‘tariladi va oldinga chap oyoq
o‘rniga qo‘yiladi. Sal bukilgan chap oyoq burilishdan keyin yerga
uchidan boshlab qo‘yiladi. Dastlab unga bo‘lgan bosim kuchining
ortishi natijasida u anchagina bukiladi, keyin esa o‘ng oyoq bilan birga
gavda og‘irligini ko‘tarib tezgina tiklanadi. Tezroq depsinishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan oyoqlarning tez almashinishi natijasida chap
oyoq disk uchib chiqishi bilan bir vaqtda yerdan ko‘tariladi. O‘ng qo‘l
bilan diskni uloqtirish vaqtida uloqtiruvchining diskka ta’sir kuchi
yo‘nalishi o‘zgarishi sababli disk o‘z o‘qi atrofida chapdan oldinga-
o‘ngga chizig‘i bo‘yicha harakat qiladi (89-rasm).
Dostları ilə paylaş: