416
80-rasm.
Disk uloqtirish texnikasi
Disk tutgan qo‘lning yoy bo‘ylab harakati sezilarli darajada oshadi.
Itqitish
harakatini bajara turib, uloqtiruvchi yelka kamarini bir zumlik
harakat bilan buradi. Diskni chiqarib yuborish vaqtida yelka chizig‘i tos
suyagi bilan teng tekislikka keladi. O‘z navbatida diskni tutgan orqadagi
qo‘l bu paytda yelka chizig‘iga tenglashadi. Diskni chiqarib yuborish,
yelka kamarining chapga burilishi tamom bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Tirsak bo‘g‘inida sal bukilgan chap qo‘l
yelka kamarining harakatiga
qarab, yoy bo‘ylab chapga olib boriladi. Uloqtiruvchi chap qo‘lini
olib borish yelka kamari aylanishining tezlashuviga ko‘maklashuvchi
oxirgi kuch berish boshlanishida muskullar tarangligini oshiradi.
Boshning chap tomonga keskin burilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak,
chunki, bu, odatda, yelka kamarining shoshilinch burilishiga va o‘ng
qo‘lning oxirgi kuch berish oxirida faol harakat qilmay, sudralib
qolishiga olib keladi. Diskning oxirgi kuch berishdagi yo‘li
katta
417
radiusdagi yoy bo‘yicha o‘tishi kerak. Disk oyoqlar depsinishi tugashi
bilanoq uloqtiriladi. O‘ng oyoq depsinib turib, bevosita diskning
uchib chiqishidan oldin yerdan ko‘tariladi va
oldinga chap oyoq
o‘rniga qo‘yiladi. Sal bukilgan chap oyoq burilishdan keyin yerga
uchidan boshlab qo‘yiladi. Dastlab unga bo‘lgan bosim kuchining
ortishi natijasida u
anchagina bukiladi, keyin esa o‘ng oyoq bilan birga
gavda og‘irligini ko‘tarib tezgina tiklanadi. Tezroq depsinishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan oyoqlarning tez almashinishi natijasida chap
oyoq disk uchib chiqishi bilan bir vaqtda yerdan ko‘tariladi. O‘ng qo‘l
bilan diskni uloqtirish vaqtida uloqtiruvchining diskka ta’sir
kuchi
yo‘nalishi o‘zgarishi sababli disk o‘z o‘qi atrofida chapdan oldinga-
o‘ngga chizig‘i bo‘yicha harakat qiladi (89-rasm).
Dostları ilə paylaş: