408
tushadi. Diskni qarama – qarshi esuvchi shamol (5 m/s gacha tezlikda)
yo‘nalishida to‘g‘ri holatda uloqtirish erishiluvchi natijani sezilarli
darajada oshirishi, 5 metrgacha qo‘shimcha natija berishi mumkinligi
qayd qilinadi.
Qadimgi Gretsiyada I Olimpia o‘yinlarida disk uloqtirishning
antik usulidan foydalanilgan, ya’ni bunda disk vertikal tekislik
bo‘ylab uloqtirilgan. Biroq, II Olimpia o‘yinlarida zamonaviy davrda
disk uloqtirish usulini chexiyalik Ya.Suk (1900-yil) namoyish qilib
bergan, bunda disk aylantirish bilan va nisbatan nishablik burchagi
ostida uloqtirish amalga oshirilgan. Bu
usul navbatdagi davrlarda
Finlyandiyada rivojlantirilgan. Jumladan, Finlyandiyada disk
uloqtirishda qo‘llarning a’lo darajada mayatniksimon ko‘rinishdagi
harakatlantirilishi va disk bilan birgalikda silliq holatda aylantirilishi
bilan ifodalanuvchi sport maktabi taraqqiy etgan. Bu usulga raqobatchi
sifatida amerikalik disk uloqtiruvchilar o‘z uslublarini ishlab
chiqishgan, bunda diskni uloqtirish vertikal o‘q
atrofida aylantirish
bilan, oyoqlarda chuqur holatda o‘tirish orqali uloqtirilgan. Hozirgi
kunda yuqorida keltirilgan har ikkala usulning turli xil modifikatsiyalari
ustunlik qiladi.
Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga erkaklar o‘rtasida disk
uloqtirish sport turi dastlab 1896-yilda kiritilgan, ayollar o‘rtasida
esa 1928-yildan boshlab foydalanilgan. 1928-yilda XXVII Olimpia
o‘yinlarida (Sidney shahri, 2000-yil) disk uloqtirish bo‘yicha Olimpia
chempionlari sifatida quyidagi sportchilar qayd qilib o‘tilgan:
jumladan, erkaklar o‘rtasida V.Alekna (Litva) – 69,30 metr va ayollar
o‘rtasida E.Zvereva (Belorussiya respublikasi) – 68,40 metr.
Afina shahrida o‘tkazilgan XXVIII Olimpia o‘yinlarida V.Alekna
(Litva) yana Olimpia chempioni sifatida qayd qilingan (69,89 metr).
Ayollar o‘rtasida oltin medalni N.Sadova (Rossiya) qo‘lga kiritgan
(67,02 metr), bronza medali esa Belorussiyalik I. Yatchenkoga nasib
qilgan (66,17 metr).
Disk uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dastlabki
dunyo
rekordi 1912-yilda, 47,58 metr natija bilan qayd qilingan (Dj. Dunkan,
AQSh); ayollar o‘rtasida esa – 1936-yilda dunyo rekordchisi sifatida
G.Mauermauer (Germaniya) 48,31 metr natija bilan qayd qilingan.
409
Disk uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi uzoq vaqt davomida
AQShlik sportchilar qo‘lida saqlangan, ayniqsa bu holat urushdan
keyingi davrda yaqqol kuzatilgan. Disk uloqtirish bo‘yicha texnikani
takomillashtirishda sezilarli faollik ko‘rsatgan
sportchilar sifatida
F.Gordiyen, R.Babka, D.Silvestr, A.Orter, M.Uilkins kabilar ko‘rsatib
o‘tiladi. Shuningdek,, ushbu o‘rinda L.Danek (Sobiq Chexoslovakiya),
R.Brux (Shvetsiya), V.Shmidt (GDR), V.Trusenev va Yu.Dumchev
(Sobiq ittifoq) kabi sportchilarni qayd qilib o‘tish mumkin.
Dunyo miqyosida disk uloqtirish bo‘yicha kuchli sportchilar
orasida yengil atletikaning ushbu turining rivojlanishiga N.Dumbadze,
N.Ponomareva, T.Press, F.Melnik (Sobiq ittifoq); K.Shilberg, E.Yaal
(GDR); A.Menis (Ruminiya); Z.Shilxava (Sobiq Chexoslovakiya)
kabi sportchilar sezilarli hissa qo‘shishgan.
Hozirgi vaqtda disk uloqtirish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo
rekordi GDRlik Yurgen Shultga tegishli bo‘lib, 1986-yil, 74,08 m
natija qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi GDRlik
Gabriela Raynshga tegishli u 1988-yil, 76,80 m natijani qayd etgan.
Dostları ilə paylaş: