414
qarab qadam tashlaydi. Bu vaziyatda gavdaning chapga burilishi
sekinlashadi. Sonni bukuvchi va tiklovchi muskullarni oldindan
taranglashuvi oyoqni tez rostlab olishga yordam beradi. Chap oyoqdagi
turg‘un holat (aylanish vaqtida), yakka tayanchli fazada harakatlarni
faol bajarish uchun muhim shartdir. O‘ng oyoqni oldinga chiqarish
bilan tos suyagi ham buriladi, o‘ng oyoq harakatining yo‘qolishi va
chap oyoq bilan depsinish uloqtiruvchining oldinga siljib, aylanishiga
yordam berishi kerak. Sonning yuqoriga harakat qilishi gavdaning
baland ko‘tarilishiga, demak, tayanchsiz vaziyatda ko‘proq
turishga
sabab bo‘ladi. Chap oyoq bilan yuqoriga depsinish ham shunday
natijalarga olib kelishi mumkin. Aylanish vaqtida disk tutgan o‘ng qo‘l
o‘ng oyoq ortida turadi. Dastlab u chap oyoqning burilishi bilan bilinar-
bilinmas pasayadi va keyin ko‘tariladi, lekin buni oldindan ongli
ravishda qilmaslik kerak. Burilish boshlanishidagi qo‘lning anchagina
pasayishi, disk uloqtirish texnikasida bir qancha kamchiliklarga
sabab bo‘lishi mumkin. Gavda qancha tik holatda aylana boshlansa,
qo‘l gorizontal sathga yaqin harakat qiladi. Uloqtiruvchi aylana
boshlayotganda boshini to‘g‘ri tutadi va bu
holatni butun aylanish
davomida saqlab qoladi. Boshininig chapga keskin va qo‘l burilishi
elka bo‘g‘inidagi muskullarni ortiqcha taranglashtiradi va elka
bo‘g‘inini oldinroq burishga olib keladi. Bu uloqtiruvchilar orasida
ko‘p tarqalgan xatodir. Chap qo‘l harakati turlicha bajariladi. Ba’zi
hollarda yelka kamarining chapga oldinroq burilishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun, oxirgi kuch berishgacha chap qo‘lni ko‘krak oldida tutib
turadilar. Ba’zan esa aylanish boshlanishida yelka bo‘g‘ini burilishidan
oldin chap qo‘lni uloqtirish tomonga, sal orqaroqqa olib boradilar.
Gavda aylanib olgandan keyin, qo‘l oldingi holatiga qaytadi. Burilish
vaqtida chap oyoqni tayanchdan uzgandan boshlab to o‘ng oyoqni
yerga qo‘yishgacha bo‘lgan uchish fazasi eng passiv hisoblanadi.
Shuning uchun tayanchsiz faza muddatini mumkin qadar qisqartirgan
ma’qul. Eng yaxshi uloqtiruvchilar o‘ng oyoqni qo‘yish oldidangina
chap
oyoqni yerdan uzadilar, chap oyoq bilan depsinishning oxiridagi
qadamda sonlarning tomonlarga yozilishi 90° va undan ortiq darajaga
etadi. Shundan keyin bukilgan o‘ng oyoq poyning oldingi qismi bilan
yerga qo‘yiladi. Bu uloqtiruvchi ko‘zlagan tomonga o‘ng yoni bilan
415
burilgan vaqtida sodir bo‘ladi. Uloqtiruvchi o‘ng oyog‘ini yerga bosish
paytida, chap oyoq orqada qolib, qadam qo‘yayotgan holatda bo‘ladi,
uning yelka kamari tos suyagiga nisbatan o‘ngga burilgan,
disk tutgan
o‘ng qo‘l orqada, taxminan yelka bo‘g‘imining balandligida, gavda
sal oldinga engashgan, chap qo‘l ko‘kragi oldida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: