Yengil atletika va uni


-rasm.  Diskni ushlash usuli 412 Aylanishga tayyorlanish



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

78-rasm. 
Diskni ushlash usuli


412
Aylanishga tayyorlanish.
Aylanish uchun dastlabki holatda 
uloqtiruvchi doiraning orqa qismida turadi: oyoqlar yelka kengligida 
yoki sal kengroq ochiladi. Uloqtirish tomoniga nisbatan uloqtiruvchi 
tanasaning holati ba’zi bir farqqa ega bo‘lishi mumkin. Qulayrog‘i 
uloqtirish tomoniga orqa o‘girib turishdir. Bunday holatdan yon tomon 
bilan turishga nisbatan burilish ancha qiyinroq, lekin bunday vaziyatda 
uloqtiruvchining disk bilan birgalikda qiladigan harakat yo‘li uzayadi, 
demak, aylanishni boshlashda (tayanchli fazasada), harakat miqdorini 
ko‘paytirish uchun yaxshiroq sharoit yaratiladi.
Dastlabki holatda o‘ng oyoq doiraning chekkasiga, gardishga juda 
ham taqab qo‘yiladi. Dastlabki silkitishni boshlash yoki ayni vaqtda 
disk tutgan qo‘lni o‘ng tomonga silkitishda oldin chap oyoq yelka 
kengligida, hatto undan ham kengroq qo‘yiladi. Oyoqlar doiraning 
uloqtirish tomoniga yo‘nalgan deb faraz qilingan diametridan bir xil 
uzoqlikda joylashadi. Uloqtirishga tayyorlanish vaqtida gavda deyarli 
tik turadi, oyoqlar sal bukiladi. Uloqtiruvchi aylanishga tayyorlana 
turib disk tutgan qo‘lini o‘ngga-orqaga silkitadi, dastlabki silkinishlari 
bunga yordam beradi. Silkitish vaqida, disk tutgan o‘ng qo‘l, avval 
gavdaning ozgina burilishi bilan birgalikda chapga olib boriladi, gavda 
og‘irligi chap oyoqqa salgina o‘tkaziladi. Keyin qo‘l silkinib o‘ngga 
olib boriladi, tana og‘irligi o‘ng oyoqqa o‘tkaziladi. Bu paytda o‘ng 
oyoq tovon bilan, chap oyoq esa, oldingi qismi bilan yerga tiraladi. 
Disk silkitilayotganda yelka bo‘g‘imidan yuqori ko‘tarilmasligi 
kerak. Qo‘l bilan o‘ngga-orqaga silkinish yelka kengligining erkin 
burilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi va buning natijasida 
uloqtiruvchining tanasi silkinish oxirida buralib, muvozanatni puxta 
saqlab qolishi kerak. Silkitish vaqtidagi disk tutgan qo‘l holatining 
ikki xil varianti ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ular aylanishning keyingi 
harakatlarini bajarish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Birinchi variantda 
silkitilayotgan disk taxminan yelka bo‘g‘imi balandligida yoki sal 
pastroq turadi. Bunda gavda odatda vertikal holatga yaqin bo‘lib, qo‘l 
esa deyarli elka chizig‘ida yoki undan orqaroqda joylashadi. Ikkinchi 
variantda esa (kamroq uchraydi) gavda egilgan bo‘lib, disk yelka 
bo‘g‘inidan pastroqda, diskni tutgan qo‘l esa, yelka chizig‘idan ancha 
orqada turadi. Bunday holatda uloqtiruvchi silkitish vaqtida qo‘lini 


413
band qilib qo‘yadi. Aylanish boshlanishidagi har ikkala variant ham 
burilishni bir-biridan ancha boshqacha bajarishga olib keladi. Tajribali 
uloqtiruvchilar tezda butun e’tiborni uloqgirishga jalb qilib, aylanishni 
odatda birinchi qo‘l silkitishdayoq boshlaydilar.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin