410
77-rasm.
Disk shakli va hajmi, disk uloqtirish joyi
Uloqtiruvchining doira yasashi uloqtirish tomoniga qarab
intiluvchi umumiy harakat bilan bir vaqtda yuz beradi. Uloqtiruvti
aylanish vaqtida dastlabki holatdan boshlab aylanayotganda quyidagi
411
fazalardan o‘tadi: dastlabki qo‘sh tayanchli faza,
chap oyoqda yakka
tayanchli faza, tayanchsiz (chap oyoq bilan depsingadan keyin) faza,
o‘ng oyoqda yakka tayanchli (erga oyoq qo‘yish vaqtidan boshlab)
faza va yakunlovchi qo‘sh tayanchli faza. Diskning eng qulay burchak
hosil qilib uchishi ko‘p jihatdan shamolnint tezligi va yo‘nalishiga
bog‘liq. Masalan, havo sokin paytlarda diskning uchishi uchun eng
qulay burchak taxminan 33-36
°
ga teng. Shamolga
qarshi uloqtirilganda
esa, shamol tezligi oshgan sari, qulay burchak kamayib boradi.
Shamol yo‘nalishiga qarab uloqtirilganda uchish ko‘proq bo‘ladi.
Diskni sekundiga 4-5 metr tezlikdagi shamolga qarshi uloqtirishda uni
qo‘ldan to‘g‘ri chiqarilsa, shamolning har qanday yo‘nalishiga yoki
sokin sharoitga qaraganda uloqtiruvchi yaxshiroq
natijaga erishishi
mumkin.
Diskni tutish
. Disk, pastga tushirilgan qo‘lning bosh barmoqdan
tashqari bukilgan barmoqlaridagi tirnoq bo‘g‘imiga tayanishi kerak.
Bosh barmoq faqat disk yuzasiga tegib turadi. Bunda panja kaft-bilak
bo‘g‘inida sal bukilgan bo‘lib, disk gardishining
yuqori qismi bilakka
tegib turadi. Barmoqlar bir-biriga yaqin bo‘lmasligi, tarang yozilgan
ham bo‘lmasligi kerak, chunki har ikkala holda ham diskni boshqarish
qiyinlashadi (78-rasm).
Dostları ilə paylaş: