Yengil atletika va uni


-vazifa. Shug‘ullanuvchilarni disk ushlash va uloqtirishga o‘rga- tish. Vositalari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

2-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarni disk ushlash va uloqtirishga o‘rga-
tish.
Vositalari:
1. Diskni ushlash usulini ko‘rsatishni tushuntirish. 
2. Qo‘lni disk bilan tebratish. 
3. Diskni yerda dumalatish. 
4. Diskni yuqoriga otish. 
5. Uloqtirish yo‘nalishiga qarab oyoqlar yelka kengligida turadi. 
Disk chap qo‘l bilan oldida ushlagan holda o‘ng qo‘l yuqorida. Disk 
bilan o‘ng tomonga tebranib, keyinchalik oldinga uloqtirish. 
6. D.h. – yuqoridagidek. Tebranish kengligi, belni burilishi va bir 
vaqtning o‘zida oyoqni egish hisobiga oshirish. 
7. Uloqtirish yo‘nalishiga qarab turgan holdan diskni uloqtirish. 
Chap oyoq oldinda, o‘ng orqada. 
8. Disk bilan har xil tebranishdagi figuralarni (sakkizlik va h.k.) 
bajarish. 
9. 5-6-7 mashqlarni har xil predmetlar bilan: yog‘och, tosh, supurgi, 
shtanga bo‘lagi va b.q. bilan bajariladi. 
10. Tezkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar berish. 
11. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar berish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Diskni ushlashda barmoqlar holatiga 
e’tibor berish. Diskni chiqarishda ko‘rsatkich barmoqqa va diskni soat 
strelkasi bo‘yicha aylanishiga e’tibor berish. Disk uloqtirish tomoniga 
(o‘ngga) yarim doirada turib uloqtirish, oyoqlarni elka kengligidan 
kengroq, qaddini tiklash, tovonlarni bir oz yon tomonga ochishga 
e’tibor qaratish 


419
3-vazifa.
Final kuchlanish fazasiga (qaytishdan keyingi, tugallovchi 
harakatga) o‘rgatish.
Vositalari:
1. Uloqtirish yo‘nalishiga, chap tomon bilan turgan holatda diskni 
uloqtirish. 
2. Shuning o‘zini uloqtirish yo‘nalishiga orqa bilan turgan holda 
uloqtirish. 
3. Shuning o‘zini o‘ng oyoqda turgan holda chap oyoqni yerga tu-
shi rish bilan uloqtirish. 
4. Predmetsiz va predmetlar bilan final kuchlanish fazasini taqlid 
qilish. 
5. O‘ng oyoqda turib, chap oyoqni yerga qo‘ymasdan diskni 
uloqtirish. 
6. Xuddi shuning o‘zi, chap oyoqda turgan holda. 
7. 1, 2, 3 (asosiy) mashqlarni har xil predmetlar bilan bajarish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin