Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar.
Gavda qismlarini:-oyoq-tos-gavda-
ko‘krak-qo‘l, ketma-ketligiga alohida e’tibor berish. Diskni yumshoq, 
tekis tezlanish olishiga erishish. Oxirgi kuch berishni o‘rgatishda 
rezinkali tayoq, faner raketka, daraxt shoxchasi bilan mashq bajarish 
maqsadga muvofiqdir. Disk og‘irligidan ortiq tosh yoki boshqa 
buyumlardan foydalanish mumkin.
4-vazifa.
Disk bilan aylanishga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Qayrilish texnikasini ko‘rsatish va tushuntirish.
2. D.h. – uloqtirish yo‘nalishiga orqa bilan, oyoqlar yelka keng-
ligida. Qayrilishga kirishni ichki tovon orqali bajarish. 
3. D.h. – shuning o‘zi. Chap oyoq atrofida 360o o‘ng oyoqni yerdan 
uzib, yana d.h. qaytish. 
4. D.h. – o‘ng oyoq bilan uloqtirish yo‘nalishiga qarab turgan holda, 
chap oyoqni yengil oldinga qo‘yish. Gavda og‘irligini chap oyoqqa 
o‘tkaza turib, u bilan depsinib, o‘ng son bilan oldinga-yuqoriga qarab 
siltanib sakrash va bukilgan o‘ng oyoq bilan orqaga tushish. 
5. D.h. shuni o‘zi. 4-mashqqa o‘xshatib, o‘ng oyoq bilan yarim 
biqinda yerga tushish. 
6. Shu mashqning o‘zi 180
o
ga qaytish bilan. 


420
7. Shu mashqni uloqtirishga taqlid qilib bajarish. 
8. Qaytishni qismlar va belgilar bo‘yicha bajarish. 
9. Har xil aylanma harakatlarni chap va o‘ng oyoq bilan yurgan 
holda bajarish. 
10. Har xil predmetlar bilan qayrilish qismlarini va umuman 
qayrilishni bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Uloqtirish ritmiga e’tibor berish. Uloqti-
rilayotgan qo‘lni siltanishiga e’tibor berish. Aylanish avvalo, disksiz, 
keyin esa disk yoki boshqa narsalar bilan o‘rgatiladi. Aylanishni 
dastlabki holatiga e’tibor berish lozim. Aylanish ritmlarini ijrosiga 
ahamiyat berish lozim. 
5-jadval 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin