Yengil atletika va uni


-rasm.  Yadroni ushlashning turli xil ko‘rinishlari 90-rasm



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

89-rasm.
 Yadroni ushlashning turli xil ko‘rinishlari
90-rasm.
 Yadroni bo‘yin oldida joylashtirish turli xil ko‘rinishlari
Snaryadning to‘g‘ri chiziqli tezligi aylanishning o‘shanday bir xil 
burchak tezligida uning harakat yo‘li uzunligiga bog‘liq. Yo‘l qancha 
uzoq bo‘lsa, snaryad shuncha ko‘proq tezlik olishi mumkin. 
Aylanib turib itqitishda markazdan olib qochuvchi kuch paydo 
bo‘ladi, u to‘g‘ri chiziqli tezlik kattaligiga bog‘liq. Markazdan 
qochuvchi kuch qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi, uni 
itqituvchi snaryadga tezlik berishda saqlab turadi. Uni quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlash mumkin: 


451
2
. .
;
mv
f g c
r
=
bu yerda f g.c. – markazdan qochuvchi kuch; m – snaryad og‘irligi; 
v – uning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi; r – snaryadning aylanish 
radiusi. 
Uloqtirishda har qanday usul bilan tezlik olishda optimaldan 
yuqori darajada tezlikni oshirish (bunda harakatlarni nazorat qilish 
yo‘qotilsa) salbiy hol sanaladi. Biroq bu uloqtiruvchi tayyorlanish 
jarayonida o‘zi uchun optimal tezlik olish tezligining oshishiga 
erishmasligi kerak degani emas. Sapchib tezlik olishdan ko‘ra aylanib 
tezlik olishda yo‘l uzayadi, ammo unda doimo bir nuqtaga final 
harakatiga kelish murakkab, chunki ozgina o‘zgarish bo‘lsa, yadro 
sektor chizig‘idan chetga chiqib ketish ehtimoli bor. Aylanib itqituvchi 
sportchini koordinastion qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. 
Sapchib itqitishda esa yo‘l to‘g‘ri va doimo bir holatga kelib itqitishga 
imkoni bor. Shuning uchun uloqtiruvchi o‘z imkoniyatlariga mos 
holda tezlikni rivojlantirishi hamda hosil bo‘lgan energiyadan snaryad 
harakatini tezlashtirish uchun oqilona foydalanishi zarur. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin