4.4. Yadro itqitish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Yadro itqitish texnikasini endi boshlayotgan shug‘ullanuvchilarga,
ularning jismoniy va irodaviy tayyorgarlik darajasi qandayligidan
qat’i nazar, o‘rgatish mumkin. Dastlabki mashg‘ulotlarda, ayniqsa,
jismoniy tayyorgarligi past bo‘lgan shug‘ullana boshlaganlar uchun
ancha yengil yadrolar (ayollar uchun 2-3 kg va erkaklar uchun 4-5 kg)
qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Endi boshlayotganlar bilan yadro
itqitish mashg‘uloti o‘tkazish joyi tekis va qattiq yerda bo‘lib, albatta
itqitish doirasi ham bo‘lishi shart. Baxtsiz hodisalarni oldini olish
uchun shug‘ullanuvchilar maydonchaning bir tomonida bir-birlaridan
4-6 metr oraliqda turishadi, yadroni esa bir tomonga itqitishlari lozim.
Shug‘ullanuvchilarning barchasi har bir mashqni bajarganlaridan
so‘ng yadroni olib kelish uchun imkoniyat berish kerak. Quyida
o‘rgatish vazifalari, vositalari va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarning yadroni itqitish texnikasi bilan
tanishtirish.
457
Vositalari:
1. Yadro itqitish va uni bajarish qoidalari bilan tanishtirish.
2. Doira ichida yadro itqitishni tushuntirish va ko‘rsatish.
3. Ko‘rgazmali qurollardan (kinogrammalar, o‘quv filmlari va
kinokolstovkalar) foydalanib ko‘rsatish.
4. Normativ talablar: razryad, o‘quv va h.k. bilan tanishtirish.
5. Rekordlar va ularni bajarilishi bilan tanishtirish.
6. Yadro itqitishda sport natijalarini ko‘rsatish uchun bog‘liq
bo‘ladigan omillar bilan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Birinchi mashg‘ulotlarda yengillashtirilgan
yadrodan foydalaniladi, baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun
shug‘ullanuvchilarni oralig‘i 3-4 m qilinib, bir tomonga qarab itqitiladi.
2-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarni yadroni ushlash va itarishga
o‘rgatish.
Vositalari:
1. Yadroni qo‘ldan va bo‘yin yonida ushlanishni tekshirish,
ko‘rsatish va tanishtirish.
2. D.H. asosiy turish, yadro balandda, cho‘zilgan qo‘llardagi
barmoqlar bilan itqitish ushlab olinadi.
3. Yadroni itqitishni yo‘nalishiga qarab yuqoriga, oldinga yuqoriga
qarab itg‘itish.
4. Xuddi shuning o‘zi, yo‘nalishiga qarab yarim yon tomondan
itqitiladi.
5. Yadroni goh chap, goh o‘ng qo‘l bilan yoki ikki qo‘l bilan o‘zidan
oshirib otib ilib olish.
6. Yadroni pastdan oldinga-balandga, ikki qo‘llab orqadan oldinga
boshdan oshirib otish.
7. Gavda to‘g‘ri ushlangan, o‘ng oyoq tizzadan buklangan, chap
oyoq oldinga qo‘yilgan holatdan, yadroni ko‘krak oldidan ikki qo‘llab,
oldinga balandga qarab itg‘itish.
8. Xuddi shuning o‘zi, lekin bir qo‘lda bajarish.
9. D.H. asosiy, yadro yuqoriga cho‘zilgan, o‘ng qo‘lda. Oyoqni
ozroq egib, yadroni panjalar bilan itg‘itish. Yadroni ushlab olish.
10. 3, 4, 5-mashqlarni to‘ldirma to‘plar bilan bajarish.
|