Yengil atletika va uni


-vazifa. Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish va shaxsiy  xususiyatlarini oshirish. Vositalari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

6-vazifa.
Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish va shaxsiy 
xususiyatlarini oshirish.
Vositalari:
1. Har xil og‘irlikdagi yadroni turgan joydan va sakrab-sakrab 
itqitish. 
2. Yadroni natija uchun itqitish. 


460
3. Og‘irlik va tortish mashqlarlaridan (toshlar, qadoqtoshlar, 
shtangani disklari va h.k.) foydalanish. 
4. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish. 
5. Nazorat va kalendar musobaqalarda qatnashish. 
6. Shug‘ullanuvchilar orasida musobaqa tashkil qilish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Jismoniy rivojlanish kamchiliklarini topish 
va ularni maxsus vositalar va yadro mashqlar bilan bartaraf etish. 
Final kuchlanishida oyoq, gavda va qo‘lni barobar ishlashiga erishish. 
Texnikani baholash uchun joydan va sakrab itqitilgan natijalar 
solishtiriladi (yaxshi texnikani egallaganda farq, 1,5-2 m ni tashkil 
qiladi). 
4.5.
Yadro itqituvchilarning maxsus mashqlari
Yadro itqituvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy va 
maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. chunki 
kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta mashqlar 
miqdori bajarishi bilan har bir mashq boshlanishi, malakali iloqtiruvchi 
ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qilishi, asosan 
bel, yelka, kurak va oyoq chunki ko‘plab uloqtirish harakati ham 
orqaga, yonga va aylanib amalga oshiriladi. Shuning uchun Yadro 
itqituvchilarning boshqa turdagi yengil atletikachilardan farq qilgan 
holda bel, yelka, kurak va oyoq muskullari nafaqat kuchli harakat 
qilish balki elastiklik bo‘lishi ham shart. Maxsus mashqlar orqali 
mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, 
harakat tеzligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. 


461
1.
Oyoqlar yelka kеngligida, 
o‘ng qo‘lda yuqoridan yadroni 
ushlagan holda o‘ngga egilib, 
yadro yelka barobariga tushi-
riladi va yondan yuqoriga yad-
roni uloqtirib, chap qo‘lda ilib 
olinadi. Yadroni qo‘ldan-qo‘lga 
uloqtirib ilib olish jarayonida 
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir oz 
bukiladi.
2.
Oyoqlar yelka kеngligida, 
yad roni ikki qo‘llab bosh yuqo-
risida ushlab turiladi. Yarim 
o‘tirgan holda, qo‘llarni oyoqlar 
orasiga olib tеzda oyoqlarni 
to‘g‘rilab yadroni oldinga-
yuqo riga uloqtirish va yana ikki 
qo‘llab ushlab olish. Yadroni 
uloqtirganda uzoqqa emas, balki 
yaqinroqqa uloqtirish. Bu esa 
yadroni ushlab olishga qulay.
3.
Tik turgan holda yadroni bir 
qo‘lda ushlab, orqadan uloq-
tirib, ikkinchi qo‘lda ilib olish. 
Yadroni orqadan uloqtirganda 
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir 
oz bukiladi va uloqtirishning 
so‘ngida oyoqlar uchiga ko‘ ta-
rilish kеrak.


462
4.
Yadroni ikki qo‘llab yuqorida 
ushlagan holda o‘ng tomonga 
egilib, chap tomonga uloqtirish. 
Gavda egilgan tomondagi oyoq 
tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi 
va boshqa oyoq to‘g‘rilanadi 
ham 
da uloqtirish so‘ngida 
oyoq lar uchiga ko‘tariladi.
5.
Ko‘krak oldida yadroni ikki 
qo‘llab ushlagan holda oyoq-
larga yarim o‘tirib, tеzlik bilan 
oldinga-yuqoriga uloqtirish. 
Uloq tirish so‘ngida gavda bir oz 
oldinga engashtiriladi va oyoq-
lar uchiga ko‘tariladi.
6.
Tik turgan holda yadroni ikki 
qo‘llab bosh yuqorisida tutiladi. 
Yarim o‘tirgan holda qo‘llarni 
oyoqlar orasiga olib, tеzda 
oyoq lar to‘g‘rilanadi va yadro 
oldinga-yuqoriga uloqtiriladi. 
Uloq tirishning oxirida gavda ol-
dinga intiladi va oyoqlar uchiga 
ko‘tariladi.
7.
Shu mashqning o‘zi, faqat 
yadroni orqaga uloqtirib bajari-
ladi.


463
8.
Yadroni bo‘yin bilan siqib, 
oxirgi kuch bеrish holatida yon-
ga, ya’ni snaryad tomonga enga-
shib turish va yadroni oldinga-
yuqoriga itqitib yuborish.
9.
Shu mashqning o‘zi, faqat 
mashq snaryadsiz itqitishga 
taq lid qilinadi. Itqitishga taq lid 
qilayotganda so‘nggi hara 
kat-
larni sakrab bajarish lozim.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin