Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

12-rasm. 
Estafeta tayoqchasi
Tayoqchaning samarali uzatilishini ta’minlash maqsadida yugu-
ruvchilar estafeta tayoqchasini qabul qilib olishda start yugurishini 
aniq va o‘z vaqtida boshlashlari uchun makonni his qilishlari, 
shuningdek,, estafetani uzatishda tayoqchani berish zonasida mumkin 
bo‘l gan maksimal tezlikni saqlab qolish, qabul qilib olishda esa uzatish 
zonasining 15-metrida yugurish tezligini maksimal tez va barqaror 
tarzda oshirish uchun tezlikni his qilish sezgilariga ega bo‘lishlari juda 
muhim. Estafeta tayoqchasining yo‘lakda (koridorda) bo‘lgan vaqti 
uni uzatish texnikasi samaradorligi mezoni bo‘lib hisoblanadi. Yuqori 
malakali sportchilar uchun bu ko‘rsatkichlar erkaklarda o‘rtacha 1,80-
1,90 s ni va ayollarda 2,05-2,15 s ni tashkil etadi. Sportchilar uzatish 
zonasini 15-16-chi metrlarida eng yuqori tezlikka erishadilar. Estafeda 
tayoqchasini uzatish texnikasi nooqilona bajarilgan bosqichida vaqt 
yo‘qotish o‘rtacha 0,1-0,3 s ni tashkil qiladi. 4x100 m ga estafetali 
yugurish texnikasini ko‘rib chiqamiz. I bosqichda yuguruvchi past 
startdan turib 200 m ga yugurishdagi singari aylana yo‘lga start 
oladi. Estafeta tayoqchasi o‘ng qo‘lning uchta barmog‘ida ushlanadi, 
ko‘rsatkich va bosh barmoqlar tekislangan va start chizig‘i yonida 
yo‘lkaga tayanib turadi (13-rasm).


137
I bosqichda yuguruvchi yo‘lka ketidan yugurish uchun u tayoqchani 
har doim o‘ng qo‘lida tutib turishi, o‘z sherigining esa chap qo‘liga 
uzatishi kerak. Masofa bo‘ylab yugurish maksimal tezlik bilan amalga 
oshiriladi. Qiyinligi shundaki, estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda 
chegaralangan zonada uzatish lozim.
Start chizig‘i
13-rasm.
 Pastki startda estafeta tayoqchasini ushlash
Estafeta tayoqchasini uzatishning ikki xil usuli mavjud: pastdan-
yuqoriga va yuqoridan-pastga. Birinchi usulda estafeta tayoqchasini 
qabul qilib olayotgan yuguruvchi qo‘lini (tayoqchani uzatayotgan 
yuguruvchining qo‘liga qarama-qarshi bo‘lgan qo‘lini) orqaga bir oz 
yon tomonga uzatadi, bosh barmoq kaft yuzasi tomoniga uzatiladi, 
to‘rtta barmoq qisilgan, kaft to‘g‘ri orqaga qaratiladi.
Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini pastdan 
yuqoriga harakat qilib bosh barmoq va kaft orasiga qo‘yadi. Estafeta 
tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi tayoqchaning tegishini 
his qilgan zahoti uni ushlab, panjasiga qisib oladi (14- rasm).
Ikkinchi usulda ham qo‘l orqaga bir oz yon tomonga uzatiladi, lekin 
kaft yuzasi yuqoriga qarab turadi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi 
estafeta tayoqchasini yuqoridan-pastga harakat qilish bilan uni kaftga 
qo‘yadi. Tayoqcha qabul qilib olayotgan yuguruvchining qo‘liga 
tegishi bilan u tayoqchani ushalab, panjasini qisib oladi (15-rasm).
Estafeta topshirayotgan yuguruvchi nazorat chizig‘iga etib kelgan 
paytda qabul qilib olayotgan yuguruvchi start tezlanishini boshlaydi. 


138
Estafeta uzatish zonasiga yugurib kirgan holda ikkala yuguruvchi 
yaqinlashadi, birinchisi ikkinchisiga etib oladi, tayoqchani uzatayotgan 
yuguruvchi 2 ta yugurish qadamida qabul qilib olayotgan yuguruvchi 
estafetani uzatish maqsadida qo‘lini tekislab, orqaga uzatishi uchun 
ovoz chiqarib qisqa buyruq berishi kerak.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin