Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayanch iboralar.
1. Yugurish.
2. Stadion.
3. O‘rta masofa.
4. Uzoq masofa.
5. Gipiy.
6. Olimpiada.
7. Start.
8. Start tezlanishi.
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. 
Tekis yugurishning nechta turi bor?
2. 
O‘rta masofalarga yugurish masofasi qancha?
3. 
Olimpiada dasturiga o‘rta masofalarga yugurishning qaysi 
masofalari kiritilgan?
4. 
800 va 1500 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kiradi?
5. 
Uzoq masofalarga yugurish masofasi qancha?


132
6. 
Olimpiada dasturiga uzoq masofalarga yugurishning qaysi 
masofalari kiritilgan?
7. 
3000 va 10000 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kira-
di?
8. 
O‘zbekistonda o‘rta va uzoq masofaga yugurish qachon rivoj-
langan?
9. 
Ilk bor kimlar o‘rtasida yengil atletika to‘garaklari tuzilgan? 
10. 
Ushbu to‘garaklarga kimlar a’zo bo‘lgan?
11. 
Ushbu to‘garaklarga kim rahbarlik qilgan?
12. 
Yengil atletika sport turlarini ommaviy rivojlantirishga e’tibor 
qachondan qaratilgan?
13. 
Toshkent shahrida I O‘rta Osiyo Olimpiadasi qachon o‘tka-
zilgan?


133
IV – BOB. ESTAFETALI YUGURISH 
4.1. Estafetali yugurishning rivojlanishi
Estafetali yugurish – bu engil atletikaning jamoaviy turi hisoblanib, 
emotsional jihatlari va tomoshabopligi darajasi bo‘yicha yengil 
atletikaning boshqa qolgan turlaridan sezilarli darajada ustunlikka 
ega hisoblanadi. Estafetali yugurish stadionda va undan tashqarida 
amalga oshiriladi. Estafetada asosiysi – yugurish vaqtida jamoa 
ishtirokchilarining navbat bilan, belgilangan qoida bo‘yicha musobaqa 
masofasini bosib o‘tishlari va ajratilgan 20 metrlik masofa doirasida 
bir – biriga estafeta tayoqchasini uzatishlari bilan belgilanadi. 
Estafetali yugurish yengil atletika musobaqasi turi sifatida XI-X 
asrda ommalasha boshlagan. Dastlab estafetali yugurish IV Olimpia 
o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan (London shahri, 1908-yil). Bu 
musobaqada estafetali yugurish musobaqalari 200 + 200 + 400 + 
800 metr masofada amalga oshirilgan. Estafetali yugurish bo‘yicha 
musobaqalarda dastlabki g‘oliblar AQSh sportchilari hisoblanib, ular 
tomonidan 3.29,4 s natija qayd qilingan, ikkinchi o‘rinni Germaniya 
jamoasi, uchinchi o‘rinni esa – Vengriya jamoasi egallagan. Navbatdagi 
Olimpia o‘yinlarida (Stokgolm shahri, 1912-yil) sportchilar ikkita 
estafeta masofalari bo‘yicha bellashishgan – jumladan, 4×100 metr va 
4×400 metr. Bu musobaqalarda masofalarga mos holatda Angliya (42,4 
s) va AQSh (3.16,6 s) jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. XXVIII 
Olimpia o‘yinlarida 4 × 100 metr masofada estafeta musobaqalarida 
oltin medallar angliyalik sportchilarga nasib qilgan (38,07 s), 4×400 
metr masofa bo‘yicha esa g‘oliblik amerikalik sportchilar tomonidan 
qayd qilingan (2.55,91 s). 
Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo‘yicha erkaklar 
o‘rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada yamaykalik (Nesta 
Karter, Maykl Freyter, Yoxan Bleyk va Useyn Bolt)larga tegishli 
bo‘lib, 2012-yil, 36,84 s natija qayd etgan bo‘lsa, 4x400 metr masofa 
bo‘yicha Amerikalik (Endryu Valmon, Kuinsi Uotts, Bats Reynolds va 
Maykl Djonson) 1998-yil, 2.54,20 s,
natijani qayd etib, dunyo rekodini 
o‘z qo‘llarida saqlab kelmoqdalar.


134
Ayollar o‘rtasida dastlabki Olimpia o‘yinlari medallari IX Olim-
pia o‘yinlarida (Amsterdam shahri, 1928-yil) qo‘lga kiritilgan. Bunda 
ushbu musobaqalar dasturi tarkibiga 4×400 metr masofaga estafetali 
yugurish bo‘yicha bellashuv kiritilgan. Bu sport turi yo‘nalishida 
birinchi o‘rinni kanadalik ayol sportchilar egallashgan (ular tomonidan 
ko‘rsatilgan natija – 48,4 s ga teng hisoblanadi), shuningdek, 
ikkinchi o‘rinni AQShlik sportchi ayollar band etishgan (48,8 s). 
Ayollar o‘rtasida 4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha 
bellashuvlar yirik musobaqalar dasturi tarkibiga faqat 1969-yildan 
boshlab kiritila boshlangan. 
Bu sport turi bo‘yicha dastlabki rasmiy rekord natija angliyalik 
sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan (3.30,8 s). 4×100 metr va 
4×400 metr masofaga estafetali yugurish bo‘yicha navbatdagi rekord 
natijalar ko‘p marta takroriylikda yaxshilangan bo‘lib, bu natijalar 
ko‘pincha holatlarda Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi va 
AQShlik sportchi ayollar tomonidan qayd qilingan. Hozirgi vaqtda 
4×100 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari rekord vaqti 
41,37 s ga teng bo‘lib, bu natija Sobiq Germaniya Demokratik 
respublikasi sportchilariga tegishli hisoblanadi (Kanberra shahri, 
1985-yil), 4×400 metr masofada estafetali yugurish musobaqalari 
rekord vaqti esa – 3.15,17 s teng bo‘lib, bu natija Sobiq Ittifoq 
ayollar terma jamoasi tomonidan ko‘rsatilgan (Seul shahri, 1988-
yil). XXVIII Olimpia o‘yinlarida (Afina shahri, 2004-yil) 4×100 metr 
masofada estafetali yugurish musobaqalarida 41,73 s vaqt natijasini 
ko‘rsatgan Yamayka terma jamoasi birinchi o‘rinni egallagan, 4×400 
metr masofada estafetali yugurish musobaqalarida esa – AQSh terma 
jamoasi 3.19,01 s natija ko‘rsatgan va birinchilikni egallagan. 
Hozirgi vaqtda estafetali yugurish yugurish bo‘yicha ayollar 
o‘rtasida dunyo rekordi 4×100 metr masofada AQShlik (Karmelita D, 
Tiana M, Bayanka N, Ellison F)larga tegishli bo‘lib, 2012-yil, 40,82 
s natija qayd etgan bo‘lsa, 4x400 metr masofa bo‘yicha SSSRlik 
(Tatyana L, Olga N, Mariya P, Olga B) 1988-yil, 3:15,17 s natijani 
qayd etib dunyo rekordini o‘z qo‘llarida saqlab kelmoqdalar.


135

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin