139
Uzatuvchi
Qabul qiluvchi
16-rasm.
Uzatish zonasidagi uzatuvchi va qabul qiluvchining
yo‘nalishlari
Uzatish zonasida yuguruvchilar bir-birlariga halal bermasdan,
ya’ni uzatishni bajarayotgan qo‘lga qarab, yugurish yo‘lkasining
cheti
bo‘ylab yugurishlari kerak.
Estafeta tayoqchasini oqilona uzatish texnikasiga ega bo‘lgan
yuguruvchi, tayoqchani qabul qilayotib, orqaga qaramasdan yuqori
tezlikni saqlab qolgan holda yugurishni hamda estafetani
qabul qilib
olishni boshlashi kerak. Odatda, estafetani qabul qilib olayotgan
yuguruvchi bir qo‘liga tayangan holda yoki yuqori startdan, yoki
past startdan start oladi. Yuqori startda yuguruvchi nazorat belgisini
va unga yugurib kelayotgan yuguruvchini ko‘rish
uchun boshini bir
oz orqaga buradi. Bir qo‘lga tayanib start olishda yuguruvchi tayanib
turmagan qo‘l elkasi ustidan orqaga qaraydi yoki boshini tushirgan
holda tayanib turmagan qo‘li tagidan orqaga qaraydi (17-rasm).
Tayoqchani uzatish paytida eng muhim element – bir maromda
yugurish, ya’ni oyoqqa mos holda yugurish zarur. Shuningdek,,
yugurishni boshlash uchun optimal –fora»ni topish zarur, ya’ni
yugurishni –fora»ning shunday
uzunligida boshlash kerakki, ayoqchani
uzatayotgan va qabul qilayotgan yuguruvchilarning tezliklari uzatish
zonasi o‘rtasiga to‘g‘ri kelishi zarur.