Yer osti suvlarining
balansi va zaxirasi
gidrogeologik izlanish usullari. Suv resurslaridan
okilona foydalanish va ularni muhofaza qilish
Reja:
1. Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi
2. Gidrogeologik izlanish usullari
suv resurslaridan okilona foydalanish
va ularni muxofaza kilish
3. Injenerlik geologiyasi asoslari va uning vazifalari
Ma`lum bir muddatda suvli qatlamga oqib keladigan
va chiqib ketadigan suv
miqdori yer osti suvlari balansi deb ataladi.
Yer osti suv balansi uning rejimi bilan uzviy bog`liqdir. Bu rejim ma`lum bir
muddatda suv sarfi va sifatining o`zgarishini bildirsa, balans - shu o`zgarishlar
natijasidir. Balans sug`oriladigan katta maydonlar va suv chiqarish inshootlari uchun
xisoblanadi. Yer osti suvlarining oqib kelishi va chiqishini o`lchaydigan joy balans
uchastkasi deyiladi. Balansni xisoblash natijasida ob`yektni suv bilan ta`minlash va yil
davomida yer osti suvlari zaxirasi va rejimining o`zgarishini
oldindan aytib berish
mumkin.
Tabiiy rejimda qatlamlarga oqib keluvchi grunt suvlari balansi atmosfera
yog`inlarining singishidan (A), suv bug`larining kondensatsiyalanishidan (K) va yer
osti suvlari oqimi (P) dan tashkil topadi (1-rasm).
Yer osti suvlari oqimi o`z navbatida yonbosh oqim (P1), yuzaki suv xavzalaridan
keladigan infiltratsion okim (P2 ) va pastki gorizontdan keladigan okimlar (P3 ) dan
xosil buladi. Suvli katlamdan chikib ketadigan suv balansi buglanish (I)
va yer osti
suv okimi (S1 ) dan iborat. Buglanish usimliklar bargi va yer yuzasida buladigan
buglanishdan, yer osti okimi yonbosh okim (S1 ) va pastki suvli gorizontlarga
siljiydigan okim (S2 ) lar xisobiga sodir buladi.
Grunt suvlarining balans sxemasi.
(V.P. Ananyev, L.V. Peredelskiy buyicha)
Berilgan
bir uchastkada, t muddatda grunt suvlari balansining tenglanishi
kuyidagicha aniklanadi:
(( ( ( ( ( ( P1Q P2Q P3 - I - S1 - S2
bu yerda (( - vakt davomida grunt suvi zaxirasini uzgarishi.
Agar shu uchastkada grunt suvlari rejimi kuzatib aniklangan bulsa, u xolda balans
kuyidagi tenglama orkali ifodalanadi:
((( q A Q K Q P - I - S
bu yerda (( - t vakt davomida suv satxining urtacha uzgarishi; (
- jinslarning suv
chikarish koeffitsiyenti.
((( kiymat fasl, yil va kup yillar davomida uzgarib turadi. Yer osti suvlari satxi
kutarilganda
u musbat, pasayganda esa manfiy kiymatga ega buladi.
Agar grunt suvlari rejimi sun`iy ravishda buzilgan bulsa, balans tenglamasida suv
bilan ta`minlash uchun sarf bulayotgan suv sarfi (V), zovurlarga okib kelayotgan suv
sarfi (D), sugorish kanallaridan shimilayotgan suv mikdori (F1 ) xisobga olish lozim.
Okib keladigan yer osti suvi mikdori chikib ketadiganidan kup bulsa, maydonni suv
bosadi. Shuning uchun katta
maydonlardagi balansni urganib, yer osti suvlarining
rejimini tartibga solish mumkin.