Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi gidrogeologik izlanish usullari suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muxofaza qilish



Yüklə 96,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü96,56 Kb.
#171204
1   2   3   4   5
Yer osti suvlarining xarakat yonalishi va uni aniqlash usullari compressed

Gidrogeologik s`yomka. 
Gidrogeologik sharoit kartasini tuzish maksadida 
utkaziladigan dala ishlari kompleksidir. S`yomka suv olish inshooti kuriladigan 
uchastkani tanlash, sun`iy suv xavzalarini baxolash, rayonning umumiy gidrogeologik 
sharoitini asoslashga xizmat kiladi. 
Bajariladigan ishlarning maksadiga, rayonning urganilganlik darajasiga va 
loyixalash boskichiga karab gidrogeologik s`yemka turli masshtablarda bajariladi. 
Gidrogeologik s`yomka yirik masshtabda (1:50000 va undan yirikrok), urtacha 
masshtabda, kichik masshtabda utkaziladi. Yirik masshtabdagi gidrogeologik s`yomka 
suv olish inshootlarini loyixalash bilan boglik bulgan maxsus konkret masalalarni xal 
kilish uchun utkaziladi. Urtacha masshtabdagi s`yomka suv ta`minoti sxemasini 
asoslash, gidrogeologik sharoitni umumiy baxolash uchun xizmat kiladi. 
Gidrogeologik s`yomka jarayonida ma`lum yunalishlar buyicha geologik, 
gidrogeologik, geomorfologik, geobotanik va boshka kuzatish ishlari olib boriladi. 
Asosiy etibor rayonda tarkalgan yer osti suvlarining yer yuzasiga chikish 
uchastkalariga beriladi. 
S`yomka masshtabiga mos ravishda xar xil mufassallikda urganilgan buloklar 
kartaga tushiriladi. Bundan tashkari, kuduklar, burg kuduklari, botkokliklar, suv olish 
inshootlari kartaga tushiriladi, suvlardan va tog jinslaridan namunalar olinadi. Yer osti 
suvlari bilan yer usti suvlarining uzaro boglikligi aniklanadi, suvli gorizont kursatkichi 
sifatida usimlik dunyosi urganiladi. Meteorologik materiallar taxlil kilinadi.
Gidrogeologik sharoitni tugri tushunish va baxolash uchun rayonning geologik, 
geomorfologik tuzulishi xakida tulik ma`lumotga ega bulish kerak. Eng yaxshi 
xulosalar geologik-gidrogeologik s`yomka natijasida olinadi. Gidrogeologik s`yomka 
asosan marshrutlar yordamida bajariladi.
SUV RESURSLARIDAN OKILONA FOYDALANISH 
VA ULARNI MUXOFAZA KILISH 
 
Yer osti suvlari sifatining va unda erigan tuzlar mikdorining uzgarishi ulardan xalk 
xujaligida foydalanishni kiyinlashtiradi. 


Yer yuzasida maishiy va sanoat okava suvlari xamda chikindilarning tuplanishi, 
suv xavzalarining ifloslanishi, ugit va zaxarli ximiyaviy dorilardan kup foydalanish 
yer osti suvlarining ifloslanishiga asosiy sabab buladi. 
Suv chikarish inshootlarini ishlatish davrida chuchuk suvli xavzaga shur xamda 
ifloslangan daryo va dengiz suvlarining surilib kelishi natijasida xam yer osti suvlari 
ifloslanishi mumkin. Shuningdek yer osti suvlariga ifloslangan sanoat okava 
suvlarining saklaydigan va tindiradigan joylardan aeratsiya zonasi buylab sizib kelib 
kushilishidan, kuduk devorlari bilan trubalar orasidagi tirkishlardan, suvni katlamlarga 
shimdirish uchun kazilgan kuduklardan va karst voronkalari orkali kushilishidan xam 
ifloslanishi buladi. 
Yer osti suvlarining ifloslanishi, asosan, rayonning geologik va gidrogeologik 
sharoitlariga, ya`ni suvli katlamlarni ajratib turadigan suv utkazmaydigan 
katlamlarning bulish-bulmasligiga, ularning suv shimish xususiyatlariga, yer osti 
suvlarining joylashish chukurligiga boglik. Ayniksa yuzaki suvlar yukoridan suv 
utkazmaydigan katlam bilan chegaralanmagani uchun ifloslanadi. Artezian suvlari 
tuplanadigan katlamlar yukori va pastki tomonlaridan uzidan suv utkazmaydigan 
katlamlar bilan chegaralangani uchun deyarli ifloslanmaydi. 
Suv chikarish va kanalizatsiya inshootlarini ishlatishda, kupincha, yer osti suvlari 
ximiyaviy va bakteriologik ifloslanishga duchor buladi. ayrim xollarda radioaktiv, 
mexanik va issiklikdan ifloslanish xam uchraydi. 
Ximiyaviy ifloslanish 
yer osti suvlariga organik (karbol, naften kislotalari, zaxarli 
ximikatlar va b.), neorganik (tuzlar, kislotalar, ishkorlar), zaxarli (margimush, rux, 
simob, kurgoshin tuzlari) va zaxarli moddalar kushilishidan yuzaga keladi. Zaxarli 
ximiyaviy moddalar yerning chukur kismlarigachasizib borishi va yer osti suv 
okimining kiyaligi tik bulgan joylarda katta maydonlarga tarkalishi mumkin. 
Bakterial ifloslanish 
yer osti suvlarida kasalik tarkatuvchi bakterialar paydo 
bulganda yuzaga keladi. Bunday kurinishdagi ifloslanish ma`lum bir muddatgacha 
bulib, uning davomiyligi ifloslanish manbaining mikdoriga, gruntning suv shimishiga 
va bakterialarning yashash mikdoriga boglik. 


Yer osti suvlari radioaktiv moddalarga boy jinslardan filtratsiyalanganda radioaktiv 
ifloslanishga uchraydi.
Mexanik ifloslanish 
yer yuzasidagi suvlar tarkibidagi mexanik aralashmalarning 
(kum, shlak va b.) yoriklar, bushliklar buylab yer osti suvlariga kushilishidan xosil 
buladi.
Yer osti suvlariga yukori xaroratli yuzaki yoki sanoat okava suvlarining 
kushilishidan issiklikdan ifloslanish yuzaga keladi. 
Sugoriladigan ekin maydonlaridan uzok vakt suvning shimilishi natijasida grunt 
suvlarining minerallanishi, oksidlanishi kuchayadi, azot kislotasining tuzlari va 
ammiak mikdori oshadi. Ayniksa, yer osti suvlari okimining xarakati sekin bulgan 
joyda xamda relfning past joylarida suv tuplanadi. Bunday maydonlarda grunt 
suvlarining vertikal kesimi buyicha bakterial-ximiyaviy ifloslangan zona paydo 
buladi. Sanoat okava suvlarini tindiradigan joylardan, sugorish maydonlaridan 
buladigan shimilish xisobiga grunt suvlari kup ifloslanadi. 
Yer osti suvlari ifloslanishini oldini olish uchun kuriladigan chora tadbirlarga okar 
suvlarni tozalash, chikindisiz sanoat texnologiyasini tashkil etish, suv xavzalarining 
tubini suv utkazmaydigan ekranlar bilan koplash, shimilayotgan iflos suvlarni 
zovurlar yordamida tutib kolish kiradi. Zaxarli okar suvlarni kuduklar yordamida juda 
chukurdagi suvli katlamlarga, tosh tuzi massivlariga xaydash lozim buladi. Lekin 
vakti kelib, bu suvlar yukorida yotgan suvli katlamlarga kuduk devori bilan truba 
orasidagi bushlik orkali sizilib chikishi mumkin. 
Suv chikarish inshootlari yer osti suvlarining ifloslanishi mumkin bulgan joyidan 
okim buyicha yukorirokka kurilishi lozim. Bunday inshootlar iflos daryo va shur 
dengiz suvlaridan uzokrokka joylashtiriladi. Shuningdek, ularni sanoat korxonalari, 
mozorlar va kishlok xujaligi ekinlari ekiladigan maydonlarga yakin joyga joylashtirish 
tafsiya etilmaydi.
Yer osti suvlarining ifloslanishdan saklashning muxim tadbirlaridan biri suv 
chikarish inshootlari atrofida sanitariya jixatidan muxofaza kilish zonasi tashkil kilish 
kerak.



Yüklə 96,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin