Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi gidrogeologik izlanish usullari suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muxofaza qilish


KI R I S H . INJENERLIK GEOLOGIYASI ASOSLARI VA UNING



Yüklə 96,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix02.12.2023
ölçüsü96,56 Kb.
#171204
1   2   3   4   5
Yer osti suvlarining xarakat yonalishi va uni aniqlash usullari compressed

KI R I S H . INJENERLIK GEOLOGIYASI ASOSLARI VA UNING 
VAZIFALARI 
Injenerlik geologiyasi geologiya fanining maxsus soxasi bulib, turli kurilish 
inshootlarining zamin xisoblangan tog jinslarini, ularning fizik va mexanik 
xossalarini, tarkibi va tuzilishini, kurilishga ta`sir etuvchi, yerning osti xamda yuzida 
sodir buladigan geologik protsess va xodisalarni, ularning sodir bulish konuniyatlarini, 
inshootlarda ular kurilayotganda, kurib bulingach yoki keyinchalik ruy beradigan 
injenerlik geologik xodisalarni urganadi. 
Injenerlik geologiyasi fan sifatida vujudga kelishda kurilish ishlarining rivojlanishi 
asosiy sabab buldi. XX asrning 30 
—yillariga kadar “injenerlik geologiyasi”degan suz 
bulmagan, ammo bundan 100 yil oldin olimlar bu soxaga doir kator asarlar 
yaratganlar. Juda yosh fan 

injenerlik geologiyasi XX-asrning 30 

yillarda vujudga 
keldi. 
Injenerlik geologiyasi yukorida kayd kilganimizdek, geologiya fanining bir soxasi 
bulib, u uz navbatida 3 ta katta bulimga 

gruntshunoslik, umumiy injenerlik 
geologiyasi va regional injenerlik geologiyasiga bulinadi. Bularning xar kaysisi bir 
kancha kismlardan iborat. Kuyida biz gruntshunoslik va injenerlik geodinamikasiga 
kiskacha tuxtalib utamiz. 
Gruntshunoslikning vazifalarini anik tushunish uchun eng avval grunt terminiga 
izox berish kerak. Gru
nt (nemischa grund”) —
asos, zamin demakdir. 
Grunt suzi birinchi marta Rossiyada Petr 1 davrida rus kuruvchilari tomonidan 
kullanila boshlangan. Shu davrdan boshlab rus kuruvchilari yerning imorat 
kuriladigan ustki kismidagi bushok tog jinslarini grunt deb atay boshladilar. 
Grunt suzini keng ma`noda tushunish A.P.Pavlovning 1903 yilda nashr etilgan 
“Sibir va Saratov Povoljyesidagi surilishlar”nomli ilmiy asarida uz aksini topdi. Uning 
ta`rifiga kura, kuruvchilar uchun ob`yekt bulib xizmat kiladigan yer kobigining ustki 
kismi grunt deb ataladi. Bu ta`rif keyinchalik F.P.Savarenskiy tomonidan 
rivojlantirilib, injenerlik inshootlari ta`sirida bulgan xamda injenerlik tadbir va 
choralarining ob`yekti xisoblangan xar kanday tog jinsi grunt deb atala boshlanadi. 


Grunt imorat va inshoot zamini, kurilish materiali va kurilish ob`yekti yoki kurilish 
uchun muxim bulib xizmat kiladi. Demak, insonning injenerlik faoliyati uchun obe`kt 
bulib xizmat kiladigan, vakt utishi bilan uzgarib boradigan, kup komponentli sistema 
sifatida urganiladigan xar kanday tog jinsi grunt deb ataladi. 
Tog jinsi ustiga kurilgan imorat, inshoot, yul va xokazolarda chukish, buzilish, 
kiyshayish protsesslari ruy beradi. Bunday protsesslarning ruy berishi va tezligi 
gruntlarning fizik, ximiyaviy va mexanik xossalariga, tarkibiga va ularning genetik 
turiga, xosil bulgan sharoitiga boglik buladi. 
Demak, gruntshunoslik fanining asosiy vazifasi gruntda kechadigan biologik, 
geologik, ximiyaviy va fizik-mexanik protsesslarni, gruntlarning paydo bulishi va 
rivojlanishi xamda yer yuzasida tarkalishini, shuningdek gruntlardan kurilish xamda 
sanoat soxasida ratsional foydalanish va ularning chidamliligini, mustaxkamligini 
oshirish yuzasidan kuriladigan chora va tadbirlarni ishlab chikishdan iboratdir. 
Kurilgan va kurilayotgan imorat xamda inshootlarga geologik va injenerlik 

geologik protsesslar juda katta ta`sir kursatadi. Masalan, biror territoriyada kuchli sel 
yogsa yoki chukish protsessi ruy bersa, imorat inshootlar shikastlanadi. 
Geologik, 
injenerlik 
faninin

asosiy 
kismlaridan 
biri 
“injenerlik 
geodinamikasi”geologik va injenerlik

geologik protsesslarning sabablari va 
okibatlarini, oldini olish va ularni bartaraf kilish tadbirlarini urganish bilan 
shugullanadi. 
Tabiatda nurash, yuvilish, surilish, chukish, upirilish, sel, agdarilish va yana 
shunga uxshash bir kancha geologik protsesslar bulib turadi. Bunday xodisalar tog 
jinslarining fizik 

mexanik xossalari, struktura va teksturalari, yotish xolatlari 
uzgarishi tufayli vujudga keladi. Buprotsesslar xalk xujaligiga katta zarar yetkazadi. 
Temir va avtomobil yullari buziladi, kishlok va shaxarlar vayron buladi, shaxtalar 
bosib koladi. 
Shunday kilib, “injenerlik geodinamikasi”yerning yuzasi va ichida sodir buladigan 
ekzogen va endogen protsesslarni, shuningdek, injenerlik geolog protsess va 
xodisalarining xosil bulish va rivojlanish konuniyatlarini urganadi; shu bilan birga bu 
protsesslarga karshi chora va tadbirlarni, ularning imorat va inshootlarga ta`sirini 


bartaraf kilish choralarini ishlab chikadi. Bu ishlarni bajarish uchun shu protsesslar 
vujudga keladigan joylarning geologik sharoitini, shu jumladan, tog jinslarining 
fizik 

mexanik xossalarini, tuzilishi va tarkibini tula urganish lozim. 
Demak, gruntshunoslik fani injenerlik geodinamikasi bilan uzviy boglikdir. 
Injenerlik geologiyasi geologiya fanining soxalari xisoblangan. Gidrogiologiya, 
litologiya, mineralogiya, geofizika, dinamik geologiya, tarixiy geologiya, 
geonorfologiya, dengiz geologiyasi bilan alokador bulib, ularning konun va 
koidalaridan foydalanib uzining yangi koida va usullarini ishlab chikadi. 
Injenerlik geologiyasi fanining yukorida kursatilgan xamma bulimlari xam yer osti 
suvlarini urganadi. Ammo, xar kaysisi gidrologiya fanining yakindan alokador kismi 
bilan shugullanadi. Masalan, gruntshunoslik yer osti suvlar ta`sirida tog jinslarining 
fizik, mexanik va suvli xossalari uzgarishini urgansa, injenerlik geodinimikasi 
geologik va injenerlik 

geologik protsessorlarining xosil bulishiga yer osti 
suvlarining rolini talkin etadi. Yer osti suvlari ma`lum joyning injenerlik 

geologik 
sharoitini ifodaluvchi asosiy faktorlardan xisoblanadi. 
Tog jinslari mineral tarkibi va petrografik xususiyatlarini aniklashda injenerlik 
geologiyasi fani mineralogiya fanining usullaridan keng foydalanadi va mineralogik 
tarkibiga karab jinslarning injenerlik geologiyasiga ta`lukli klassifikatsiyasini ishlab 
chikadi, gruntlarning petrografik xususiyatlarini, jumladan struktura va tekisturasini 
urganadi. Injenerlik geodinamikasi gelogik protsess va xodisalarni urganishda 
dinamik geologiya usullaridan keng foydalanadi, bu protsesslarning xosil bulishi 
sababini aniklab, kurilish ob`yektlariga kanday ta`sir kursatishini oldindan belgilab 
beradi. Geologik protsesslarning sodir bulishi, rivojlanish dinamikasi joylarning 
geomorfologik tuzilishiga boglik. Joylarning past 

balandoligi jinslarning tarkibi 
turli geologik protsesslarning vujudga kelishida muxim rol uynadi. 
Injenerlik geologiyasi matematika, nazariy mexanika, fizika va ximiya fanlari bilan 
uzviy boglangan va ularning yutuklaridan keng foydalanadi. 
Tog jinslarining injener 

geologik axamiyati. 
Kurilish maydonlarida xar xil tog jinslari ishlatiladi. Injenerlik 

geologik karta 
tuzilayotganda bu tog jinslari gruppalashtiriladi. Tog jinslari gruppalariga karab 


inshoot kuriladigan uchastkaning injenerlik-geologik sharoiti baxolanadi. Xozirgi 
paytda tog jinslarining F.P.Sovarenskiy tuzgan umumiy injenerlik-geologik 
klassifikatsiyasidan keng foydalanilmokda. Keyingi paytda bu klassifikatsiya boshka 
olimlar tomonidan tuldirildi va unga uzgarishlar kiritildi. 
Bu klassifikatsiyani tuzishda tog jinslarining kuyidagi xossalari asos kilib olingan: 
1. Birinchi galda asosiy fizik xossalar: tashki sharoit ta`sirida jinslarning 
zichlanishi, masalan, tsementlanish, boglanish, kattiklik va boshkalar. 
2. Jinslarning suvga munosabati, suv utkazuvchanligi, suv sigimi, gilli jinslarning 
konsesgentsiya (namlangan) xolati, suvda eruchanligi va xokazo. 
3. Mexanikafiy xossalari: sikilishdagi mustaxkamligi, kattikligi, ya`ni shaxtalarda 
kazilma boyliklar kazila yotganida jinslarning karshilishi xamda koyalardagi 
turgunligi va xokazo. 
Yukori kayd etilgan belgilarni xisobga olib F.P.Savernskiy tog jismlarini beshta 
asosiy gruppaga buladi. 
A gruppa 

uta kattik 
—koya tog jnslari, kattik koya tog (“Skalno
`
e”
) jinslari. Ular 
uzidan suv utkazmaydi, suv shimimaydi, amalda deyarli sikilmaydi. Bu tog jinslari 
mustaxkam bulib, mustaxkamlik chegarasi 20 MPa dan oshik, tik koya kurinishida 
buladi. Suvda erimaydi yoki biroz eriydi. 
Bu gruppaga 
massiv 
kristallik, 
magmatik va 
metamofik tog 
jinslari, 
tsementlashgan chukindi: koglomerat, kumtosh, dolomit va oxaktoshlar kiradi. 
B gruppa 

kattik 

yarim koya tog jinslari. Nisbatan kattik va kompakt jinslar 
(“poluskalno
`
e”). Injenerlik

geologik (kurilish) kursatkichlari A gruppanikiga 
nisbatan pastrok. Yomon sikiladi, mustaxkamlik chegarasi 5...50 MPa. Uzidan 
suvni juda yomon utkazadi. Suvda xar xil eriydi. Kazilgan (otkos) koyaning 
turgunligi xuddi A gruppa tog jinslari kabi. Bu gruppaga chukindi tog jinslari, suvda 
eriydigan gips, angidrid, osh tuzi, kuchsiz tsementlangan tog jinslari, gilli slanetslar, 
kremniyli slanetslar, kremney va tog jinslari 

opokalar, kremniyli gillar, karbonatli 
tog jinsi 

gilli oxak toshlar, bur, chiganokli oxak toshlar, oxakli tuflar, organik tog 
jinslaridan toshkumir, yonuvchi slanetslar, muz bilan tsementlangan grunt (jins) li 
kiradi. 


V gruppa 

zarrachalari boglangan (gilli) tog jinslaridir, ular suvni yomon 
utkazadi, amalda suv utkazmaydiganlari xam bor. Namlanuvchan, bosim ta`sirida 
sikiluvchan, namligi uzgarishi bilan xajmi xam uzgaradi. Mustaxkamligi va kattikligi 
namlik darajasiga boglik. Kiyaligi, balandligi zarrachalarning boglanishiga va 
karshilik kuchiga boglik. Kuruk xolatda kesilgan koyalar tik tura oladi, suv ta`sirida 
ba`zilari chukadi. 
Bu gruppaga gillar, kumok, kumlok tuproklar, lyoss va lyossimon tog jinslari 
kiradi. 
G gruppa 

zarrachalari boglanmagan tog jinslaridir. Bu gruppaga kiradigan tog 
jinslari sikilmaydi, ammo govak kumlar sikiladi. Kiyaliklarida 30 

400 burchak xosil 
kiladi, suvni yaxshi utkazadi. Kiyalik shakli tugri chizikdan iborat. 
Bu gruppaga yirik parchalar va kumli tsementlashmagan tog jinslari, valunlar, 
shagal, kumlar, dolomedlar uni kiradi. 
D gruppa. Maxsus tog jinslari. 
D gruppa tog jinslariga torf, tuzli jinslar, suvli juda mayda kumlar (plo`vuno`), 
suniy xosil bulgan tog jinslari, ya`ni madaniy shaxar katlamlari, kurulish materiallari 
koldiklari, tugonlar va dambalar kurishda ishlatilgan tog jinslari kiradi. 
Litosfera katlimini xosil etgin bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan 
tabiiy birikmalar tog jinslari deb yuritiladi. Tog jinslari polimineral (kup mineralli) va 
monomineral (bir mineralli) bulishi mumkin. Polimineral tog jinslari ikki va undan 
kup minerallardan, monomineral tog jinslari esa bir mineraldan iborat buladi. Kup 
mineralli tog jinslariga granit, bazalt, lyoss va boshkalar misol bulib, ularning tarkibi 
kvarts ortoklaz, plagioklaz va slyuda minerallaridan iborat. Monomineral tog 
jinslariga oxaktosh, gps va marmar misol bula oladi. Ular xar xil giologik protsesslar 
ta`siri ostida xosil buladi. Bu faktorlarning birinchi xili yer osti protsessi, ular ichki 
yoki endongen faktorli deb, ikkinchi xili esa litosferaning sirtki katlamlari protsessor, 
ular tashki yoki ekzogen protsessorlar deb ataladi. Ekzogen protsessi asosan kuyosh 
energiyasi xisobiga yuzaga keladi. Endogen protsessiga, masalan, vulkon xodisalari, 
tog xosil bulishini vujudga keltiruvchi kuchlar va boshkalar kiradi, ekzogen kuchlarga 
kuyosh energiyasi, shamol, suv va boshkalar kiradi. 


Endogen faktorli magmaning sovushi natijasida xosil buladigan tog jinslarining, 
masalan, granitli, porfirlar va boshkalarni vujudga keltiradi. Bu tog jinslarining xosil 
bulishi magma va unda sodir buladigan protsesslar bilan boglikligi sababli ular 
magmatik yoki otkindi tog jinslari deb ataladi. Boshka tog jinslarining xammasi 
magmatik tog jinslaridan ma`lum fizik 

geologik xldisalar natijasida xosil buladi. 
Ekzogen faktorli ta`sirida tog jinslari parchalanadi, tarkibi va tuzilishi uzgaradi. 
Bularning natijasida chukindi tog jinslari 

kumlar, kum toshlar, loylar, oxak toshlar 
va boshkalar xosil buladi. Nixoyat, to jinslari suyuklangan magamaga yondoshishi va, 
shuningdek, litosferaning chukur kavatlarida joylashganlariga yukori bosim, yukori 
temperatura ta`sir etishi natijasida ularning tuzilishi va tarkibi kisman uzgaradi. 
Bu xodisa ularning ichiga kirib kolgan ximiyaviy moddalar ta`sirida, ularni tashkil 
etuvchi elementlarning kaytadan gruppalanishiga olib keladi. Bunday jinslar 
metomorfik tog jinslari deb ataladi. Ularga gneyslar, rogoviklar, slanetslar va 
boshkalar kiradi. 
Chukindi tog jinslari yer yuzida azaldan mavjud bulgan tog jinslarining yemirilishi 
va ularning yigilishidan xosil buladi. Bu tog jinslari kuruklikda xam, suv xavzalarinig 
tubida xam tuplanadi. Yerning pusti yukorida aytilgan uch xil tog jinslaridan tashkil 
topgan bulib, ammo uning massasini 95% magmatik va metomorfik tog jinslari tashkil 
kiladi. Chukindi tog jinslari yer yuzasida eng kup tarkalgan. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
 
Islom
ov O.I. “Umumiy geologiya” «O
`qituvchi» 1991 yil. 
 
2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O
`qituvchi» 1989 yil. 
 
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O
`qituvchi» 1991 yil. 
4. 
www.ziyonet.uz
 
5. 
www.qmii.uz
 
 

Yüklə 96,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin