Yer po`stidagi tektonik harakatlar


Okeanlar Materikning suv ostidagi davomi, mln



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə28/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Mavzular geografiya

Okeanlar

Materikning suv ostidagi davomi, mln

O‘tkinchi zona mln km2

Okean lajasi mln km2

Suv osti tizmalari mln km2

Maksimal chuqurlik m

Shelf

Materik yonbag‘ri

Materik etagi

Hammasi

CHuqur kotlovinalar



Orollar yoyi



CHuqur cho‘kmalar



Hammasi

Chuqur kotlovinalar

Baladlik yoki ko‘tarilma

Hammasi

Shimoliy Muz okeani

7.6

2.8

0.9

10.8

-

-

-

-

3.3

1.1

4.4

0.5

5527

Hind okeani

4.4

8.7

9.7

22.6

0.8

0.5

0.5

1.8

35.6

4.0

39.6

12.9

7209

Atlantika okeani

9.3

7.7

12.5

29.5

1.3

3.0

0.5

4.8

29.4

4.6

34.0

22.3

8742

Tinch okeani

9.7

5.4

3.1

18.2

3.9

16.2

3.9

24.0

91.4

25.4

116.8

19.6

11022

Dunyo okeani

31.0

21.6

25.9

81.5

6.1

19.7

4.9

60.6

159.7

35.1

194.8

55.3

11022

Ma’lumki, materik va okean lojasi ostida ham yer qobig‘i bir xil tuzilishga ega emas. Materiklar uchun harakterli bo‘lgan yer qobig‘ini tiplari materikni deb yurtiladi. Materik qobig‘ining qalinligi o‘rtacha 35 km ga yaqin. U 3 ta qatlamdan iborat. Yuqori qatlam cho‘kindili qatlam. Undan pastda granitli qatlam bo‘lib, to‘lqinlarni tarqalish tezligi 6 km/sek. Qatlamni qalinligi 15 – 17 km. Undan pastda zich jinslardan tuzilgan bazaletli qatlam bor. To‘lqinni tarqalish tezligi 6,7 – 7,2 km/sek.


Okean lojasi ostidagi yer qobig‘i okean qobig‘i deb yuritiladi. Uni qalinligi materik qobig‘ini qalinligiga qaraganda o‘rtacha 5 marta kam, aniqrog‘i 7 km ga teng. Yuqori cho‘kindili qobig‘ini qalinligi 1 km ga yaqin. To‘lqinni tarqalish tezligi 1,5 – 4,0 km/sek. bu qatlam ostida yanada zichroq qatlam bor. Ulardan ham pastda bazalt qatlami bo‘lib, qalinligi 5 km ga yaqin.
Materik qobig‘i okean ostida ham keng tarqalgan. U materik chekkasi suv ostida hamma yerida davom etadi. Okean qobig‘i esa faqat okean lojasida tarqalgan xalos.
Nisbatan dengiz (okean) ostining chuqur bo‘lmagan materik qirg‘og‘iga yaqin qismlari shelf deb ataladi. Uni ko‘plab daryo vodiylari kesib o‘tadi. Shelfda yaqin vaqtlarda to‘rtlamchi davr muzlanishi zonasi ta‘sirida bo‘lganligidagi turli xildagi relef hosil qiluvchi harakatlarning izlari – silliqlangan qoyalar “qo‘y peshonalari”, cheka morenalar aniqlandi. Bundan tashqari qadimgi lotinental yotqiziqlar ham keng tarqalgan. Bu shuni ko‘rsatadiki yaqin vaqtlarda quruqlikning qirg‘oq bo‘ylarini oxirgi muzlanish tamom bo‘lgandan keyin Dunyo okeanining sathi ko‘tarilgan, suv bosgan.
Shelfda turli xil hozirgi zamon relef hosil qilish protsesslari sodir bo‘lmoqda. Birinchi o‘rinda dengiz to‘lqinlarining akkumulyativ harakatlarini qo‘yish mumkin. Hozirgi zamon relef hosil qilishdagi muhim olim dengiz suvining ko‘tarlishi harakatlari. Tropik va ekvatorial dengizlarning shelfida katta relef hosil qiluvchi va geologik faoliyatini rif qurilmalar marjon karon poliplari, suv o‘tlari o‘ynaydi.
Neft – gaz konlari topilgan qirg‘oq bo‘yi tekisliklariga tutash shelflarga qiziqish katta bo‘layapti.
Hozirgi paytda bir qancha shelflarda neft – gaz qazib olinmoqda.
Shelfdagi baliq boyliklarini amaliy ahamiyati bor. Hozirgi vaqtda ovlanadigan baliqlarning yarmi shelf suvlariga to‘g‘ri keladi. Shelf resurslari orasida qurilish materiallari zahiralari ham katta.
Shelf okean tomonidan ma’lum bir chegaraga ega. shelf chekkasida bir daniga qiyalik ortadi, chuqurligi 100 – 200 m dan 3000 – 35000 m ga chuqurlashadi. Bu qism materik yonbag‘iri deb yuritiladi. Yonbag‘irda vodiysimon shakldagi suv osti daralari uchraydi. Unda gravitatsion protsesslar sodir bo‘ladi. cho‘kindi jinslarni yonbag‘ir bo‘ylab aralashuvi, suv osti so‘rilmalari yuz beradi.
Materik yonbag‘rining amaliy ahamiyati ham bor. Dengiz bo‘yi mamlakalarida 200 milli zonani kiritilishi bu qismni o‘zlashtirishni tezlashtirib yuboradi.
Materik yonbag‘ri bilan okean lojasi oralig‘ida materik etagi bor.
Atlantika, Hind va butun Shimoliy Muz okeanida materikning suv osti chekka qismlari to‘ppa – to‘g‘ri okean lojasi bilan qo‘shilib ketadi. Tinch okeani chekkalarida, Karib dengizi, Hind okeanining shimoli – sharqiy qismlari okeandan quruqlikni o‘tishda murakkabroq sistemali o‘tishi aniqlangan. Tinch okeanining g‘arbiy chekka qismlari Bering dengizidan to Yangi Zellandiyagacha materikning chekka qismlari va okean lojasi orasida keng polosada o‘tkinchi zona bor. Bu zona cheka dengizlarning chuqur kotlovinalaridan iborat. Kotlovinalar suv osti tizmalari bilan chegaralangan. Vulkanik orollar, orollardan yoyi hamda tor, juda chuqur cho‘kmalardan iborat. Bunday cho‘kmalarda okeanning eng chuqur yerlari tarqalgan. Orollar yoyi bilan ajralib turadigan dengizlar chuqur, osti notekis, suv osti tog‘lari, balandliklari, tepaliklari ko‘p. Ba‘zi dengizlarni osti tekis, cho‘kinlarning qalinligi 2 – 3 km dan oshadi. Orollar yoyi – suv osti tizmalaridan iborat, ularda vulkanlar bor. Harakterli tomoni shundaki harakatdagi vulkanlarning suv ustida ko‘tarilib, orollarni hosil qilgan. Masalan Kuril orollari.
Yana shunday o‘tkinchi oblastlar borki bunda bitta emas bir qancha orollar yoyi bo‘ladi. Masalan, Sulavemi va Xalmagera, Yapon orollari yoyi.
O‘tkinchi zonaning muhim geografik va geologik xususiyatlari vulkan harakatlari bilan bir qatorda yuqori darajada seysmikligidir. Bunday joylarda yer qimirlash uchoqlari (efitsentri)ning uchala chuqur, o‘rtacha va yuzaki o‘choqlari bor. Okean ostida o‘rtacha okean osti tizmalari bor. Bunday tizmalarni borligi 50 – 60 yillardan aniqlandi. Suv osti tizmalari hamma okeanlar orqali o‘tadi.

MA'DAN FOYDALI QAZILMALARNI QIDIRISHDA GEOFIZIK MA'LUMOTLARNI TALQIN QILISH


Reja:
1. Geosinklinal va platforma viloyatlari haqida umumiy tushuncha
2. Foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilishning asoslari
Yer qobig`ining geosinklinal zonalariga nisbatan tinch tektonik rejimda bo`lgan qismi platforma deb ataladi. Platformalar katta-katta maydonlarni egallaydi. Platformalar ikki qavatdan iborat bo`lib, pastki qavati burmalangan cho`kindi, yoxud metamorfik yoki magmatik jinslardan tuzilgan bo`ladi. Ustki qavati gorizontal yotgan cho`kindi jinslardan iborat. Ustki qavati - chexol, pastki qavati - fundament deb ataladi.
Yer qobig`ining uzoq vaqtlar cho`kindi jinslar to`planadigan va platformalar orasida joylashgan, aktiv tektonik xarakatlar bo`lib turadigan qismi gyeosinklinal deb ataladi. Geosinklinal yer qobig`ining asosiy geotektonik elementlaridan biri bo`lib, u platformaning aksini tasvirlovchi zonadir. Geosinklinal rayonlarda turli-tuman, kuchli tektonik xarakatlar vujudga kelishi sababli gorizontal xolda yotgan qatlamlar burmalanadi, egiladi va ayrim joylarda uziladi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin