Yer po`stidagi tektonik harakatlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə30/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Mavzular geografiya

Faollashgan platforma - tezligi va qarama-qarshiligi jixatidan burmalanish o`lka xarakatlariga tug`ri keladigan jadal tektonik xarakatlar natijasida qayta jonlangan platforma yoki uning bir qismi. Turg`un yoki nisbatan tekislashgan platforma qurilmalarining o`rnida burmali tog` inshootlari shakllanadi. Faollashgan platformalar uchun tog`ara cho`kma va bukilmalar orqali ajralib turgan juda baland palaxsa tog` va tog` tizimlari ayniqsa xosdir. Cho`kindi qoplam jinslari va tog`ara cho`kma molassasining burmalanishi sust va o`rtacha bo`lib, faqat yoriqlar bo`ylab kuchliroqdir. Ko`tarilma va cho`kmalar o`zaro uzilma xilidagi yoriqlar orqali bir-biridan ajragan o`lkalarning chet qismlari bo`ylab uzilmalar avj olgan.
Platforma qoplamasi - platformalarning yuqori qurilma qavati, asosan cho`kindi jinslardan tashkil topgan, kristallashgan (qadimgi platformalarda) yoki burmalangan (yosh platformalarda) asos ustida yotadi. Ba`zan qoplama tarkibida magmatik maxsulotlar uchraydi. Platforma qoplamasining metamorfizmga uchramagan jinslari deyarli gorizontal xolda yotadi; u platforma asosida keskin nomuvofiqlik va stratigrafik tanaffus orqali ajraladi. Yosh platformalarda tanaffus vaqti uncha uzoq emas. Ko`pincha platforma asosi va qoplama orasida oraliq kompleks jinslari yotadi, bu ba`zi bir yosh platformalarga ayniqsa xos.
Geosinklinal - tektonika va umuman geologiyaning asosiy tushunchalaridan biri. Olimlarning qayd qilishicha, geosinklinal turlari ko`p va xilma-xildir: Parageosinklinal, ortoyegsinklinal, evgeosinklinal, miogeosinklinal, va xakozolar. Xozirgi vaqtda geosinklinal tushunchasining umumiy, ko`pchilik tadqiqotchilar qabul qilgan yoki tan olgan ta`rifi yuq. Geosinklinal-yer po`stining eng xarakatchan, yoriqlarga boy, yotqiziqlar katta qalinlikka (15-20 km) ega bo`lgan qismi. Geosinklinalning asosiy xususiyatlaridan biri-uning rivoj-lanishida turli bosqichlarning mavjudligi. Geosinklinal dastlabki bosqichida keng, chuqur dengiz xavzalarida shakllanadi, ularning ichida ayrim ko`tarilmalar, urtaliq massiv va suv osti bazalt vulkanlari paydo bo`ladi. O`rta bosqichda qayt qilingan xavzalar o`rnini ko`tarilmalar egallaydi. Geosinklinal bosqichining so`ngi bosqichida esa umumiy ko`tarilish sodir bo`ladi, ko`pchilik bukilmalar tutashadi. Ushbu jarayonlar natijasida ular burmali tog` inshoatlariga aylanadi. Keyingi yillarda litosfera plitalarining tektonikasi goyasining rivojlanishi munosabati bilan geosinklinalga yangicha ta`rif berilmoqda. Ushbu goyaga asosan geo-sinklinal litosfera plitalarining o`zaro to`qnashgan joyi bo`lib, u yerda geosinklinal jarayoni kechadi. Bu jarayon surilayotgan okean plitasining suvsizlanishi va qayta erishi xisobiga xamda magmatik qayta o`zgarish, metamorfizm va to`qnashayotgan plitalar old qismlarining shakl o`zgartirishi evaziga kontinental yer po`stining paydo bo`lishida ifodalanadi.
Zilzila. Yer po`stining silkinishi zilzila deyiladi. Yer yuzasini yemiruvchi, buzuvchi zilzilalarning 68% ga yaqini Pireneyya, Alp, Apennin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog`lariga va O`rta Osiyoning tog` tizmalariga, ximolay tog`lariga, qolgan 28% i tinch okean xalqasiga to`g`ri keladi. Bular seysmik rayonlardir. Zilzila xodisalarini o`rganuvchi fan syeysmologiya deb ataladi. Zilzila yer qobig`ining ichki qismidagi massalarning juda kuchli xarakatga kelishidan paydo bo`ladi va zilzila to`lqinlari markazdan atrofga qarab tarqaladi. Yer sirtining tebranishi, unga ichki qatlamlardan o`tib keluvchi egiluvchan to`lqining o`rilishidan kelib chiqadi. Agar to`lqin tikka urilsa, ya`ni zilzila yer sirti bilan tug`ri yoki qiyaroq burchak hosil qilsa, yer ustidagi narsalar yuqoriga ko`tarilib, pastga tushadi. Agar to`lqin qiya urilsa, yer ustidagi narsalar gorizontal xarakatlanadi, ba`zan ular qayiqqa o`xshab tebranadi. Zilzila vaqtida ba`zi to`lqin zarbalarini kishilar sezmaydi, faqat maxsus asbobgina sezadi, bunday kuchsiz zilzila xarakati mikrosyeysma, asboblarsiz seziladigan zilzila makroseysma deyiladi.
Zilzila to`lqinlarini xisobga oluvchi asboblar o`rnatilgan 500 ga yaqin stantsiya yer sharida xar yili 9000 tagacha zilzilani, ya`ni soatiga bir marta zilzila bo`lishini xisobga oladi. Yerning ichidagi zilzila boshlangan markaz - gipotsyentr, uning yer yuziga tikka chiqqan joyi - fokusi - epitsyentr deb ataladi.
YER PO'STIDAGI TEKTONIK XARAKATLAR ZILZILA TURLARI VA SABABLARI
Reja:
1. Yerning ichki tuzilishi
2. Litosfyera to`g`risida tushuncha
3. Yer po`sti va uning tuzilishi
4. Yerning planetar relefi
5. Litosfyera plitalari va ularning xususiyatlari

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin