EKZOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR VA ULARNING TASNIFI Reja: 1. Geologik hodisalar haqida. 2. Endogen geologik hodisalari. 3. Ekzogen geologik hodisalari. 4. Yerning ichki energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tektonik hodisalar. 5. Tog‘ jinslarining dislokatsiyasi. 6. Seysmik hodisalar. 7. Magmatizm, vulkanizm, metomorfizm haqida tushunchalar. Tabiatda uchraydigan tog‘ jinslarining kimyoviy va fizik kuchlar tahsirida paydo bo‘lish jarayoniga geologik hodisalar deyiladi. Yerning ichki va sirtqi qatlamlarida o‘zaro munosabatdagi ichki va tashqi kuchlar tahsirida uzluksiz geologik hodisalar sodir bo‘lib turadi. Geologik hodisalar ikki xil bo‘lib, ular endogen va ekzogen hodisalarga bo‘linadi. Endogen hodisalar yerning ichki dinamik kuchlari – katta bosim va yadroning yuqori temperaturasi tahsirida kelib chiqadi. Ular tashqi muhitga kamdan-kam bog‘liq bo‘ladi. Ekzogen hodisalar yerning sirtqi qismida bo‘lib, ko‘pincha tashqi dinamik kuchlari kam bosim va past temperatura tahsirida vujudga keladi.
Endogen hodisalari yerning relg‘yefini (qiyofasini: materik, tog‘lar, okean, chuqurliklarni), tektonik dislokatsiyalangan tog‘ jinslarining yotish shaklini, magmatik va vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinsla-rining joylashishini, yer sirtining xarakatlanishini, shu jumladan yer qimirlash hodisalari natijasidagi o‘zgarishlarni va litosferaning oldingi xolatining buzilishini vujudga keltiradi.
Ekzogen hodisalar quyosh energiyasining kuchli oqimi tahsirida yer sirtida har xil tashqi dinamik o‘zgarishlarning ro‘y berishi oqibatida sodir bo‘ladi. Yahni bu o‘zgarishlar suv va havo massalarining uzluksiz bir joydan ikkinchi joyga oqib o‘tishi, jismlarning kimyoviy va fizik xolatining o‘zgarishi natijasida nurashi, yemirilishi va ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilib yotqizilishi kabi o‘zgarishlar ekzogen hodisalarga kiradi. Ekzogen hodisalari tashqi omillarning hal qiluvchi roliga qarab klassifikatsiyalanadi: yer sirtidagi oqar suvlar-ning, muzliklarning, dengiz to‘lqinlari va oqimi hamda yer osti suvlarining faoliyati natijasida ro‘y beradigan geologik hodisalar, tirik organizm va insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga bo‘linadi.
Yerning ichki energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
endogen geologik hodisalar
Yer qahri o‘zaro munosabatdagi yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari tahsirida doimo o‘zining tarkibini, tuzilishini va shaklini o‘zgartirib turadi. Yerning chuqur qatlamlari va yadro-sining kuchli bosimi va yuqori harorati tahsirida paydo bo‘ladigan yerning ichki kuchlari, yer lito-sferasining boshlang‘ich xolatdagi joylashgan qatlam-larini buzadi va ularning joylanishlarini o‘zgarti-radi. Shu munosabat bilan yangi xolatda joylashgan tog‘ jinslari qatlamlarini, yer yoriqlarini, tog‘ jinslari yotqiziqlarini, qatlamlarning surilish-larini va yer relg‘yefi (qiyofasi)ning o‘zgarishlarini vujudga keltiradi.
Yerning ichki kuchlarining faoliyati vulkanlar va yer qimirlash hodisalarini vujudga keltiradi. Yerning ichki kuchlari ko‘pincha yerning sirtida notekislikni, yahni vulkanlar natijasida otilib chiqqan bir vaqtlar yerning katta chuqurligida joylashgan eritma xolatidagi magmatik (grekcha magma - xamir demakdir) jinslardan iborat yer yuzidagi tog‘larni va chuqur-liklarni vujudga keltiradi. Ular yer sirtining ayrim joylarini juda sekinlik bilan ko‘tarilishiga yoki cho‘kishiga sababchi bo‘ladi – bunga asriy o‘zgarish deb aytiladi. Yerning ko‘tarilishi yoki cho‘kishi natijasida quruqliklar surilib dengizlarga yoki aksincha dengizlar quruqlikka aylanadilar. Agar dengizlar surilib quruqlikni bossa, bunga transgressiya hodisasi va dengizlar surilib qurib, quruqlikka aylansalar, regressiya hodisalari deyiladi.
Masalan Shimoliy okeanning janubiy qirg‘og‘i asta-sekin pasaymoqda va yuz yil davomida ayrim joylari 40 santimetrdan 80 santimetrgacha pasaygan. Xuddi shuningdek Krim va Kavkaz tog‘larida ham ayrim joylarida ko‘tarilish va pasayish xollari kuzatil-moqda. Bunday hodisalarga epeyrogenik xarakat deyi-ladi.
Yer qahrining vertikal o‘zgarishlaridan tashqari litosferaning sirtqi qismida asta-sekin gorizontal siljish xollari ham mavjud. Bu o‘zgarishlarni geo-logiya fanining bo‘limi bo‘lgan tektonika qismi yer qahrining siljishini, uning tuzilishi, shakli va tog‘ jinslarining yotish sharoitlarini o‘zgarishini o‘rgatadi.