Yer po`stidagi tektonik harakatlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə37/37
tarix26.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#161597
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Mavzular geografiya

Makrorelef — baland tog`lar bo`lib, dengiz sathidan har 100 m ko`tarilishi bilan havo harorati 0,5 °S ga pasayib boradi. Natijada o`simliklar qoplami ham o`zgarib boradi. Makrorelef, asosan, baland tog` mintaqasi bo`lib, tog`lar ham uch qismga bo`linadi. Tog etagi-adir bilan tutashgan joyi, togning asosiy qismi, tog`ning ustki qismi, ya`ni yaylov bilan tutashgan qismi.
2. Mezorelefga, asosan, daryo o`zanlari kirib, bu yerda tuproq namligi, oziq moddalar miqdori va tarkibi o`ziga xos rol o`ynaydi. Yil fasllarining almashinishi, jumladan bahorgi suv toshqinlari vaqtida daryo o`zanlarining tuproq qatlami va tarkibi o`zgarib turadi. Daryo suvlarining tez oqishi natijasida boshlanish qismida yirik toshlar va shag`allar to`planib qoladi. O`rta va quyi qismida esa oqim sekinlashib chirindiga boy tuproq zarrachalari — loyqa yig`iladi. Daryoning boshlanish qismida tuproq g`ovak bo`lib, tosh va shag`allar to`plangan yerlarda buta va daraxt turlari o`sadi, ba`zi bir ko`p yillik boshoqdoshlar vakillari uchraydi. Daryo o`zanining o`rta oqimida ikki pallalilar sinfining vakillari uchrasa, quyi oqimidagi loyqa tuproqlarda chim hosil qilib o`suvchi iloq, qo`ng`irbosh kabi qo`ng`irboshdoshlar oilasining vakillari uchraydi.
3. Mikrorelef uncha katta bo`lmagan tepachalardan iborat bo`ladi. Bunday tepachalar cho`l mintaqasida, adir mintaqasining tekis qismida kemiruvchi jonivorlarning faoliyati natijasida hosil bo`ladi. Ba`zan shamollar natijasida o`simliklarning (yantoq, isiriq, achchiq buta) ildizlari bo`g`zida qum tepachalar hosil bo`lib qoladi. Bunday joylarda kserofil o`simlik turlari o`sib, tekis yerlarda o`suvchi o`simlik turlaridan bir oz farq qiladi.
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin