Tektonik hodisalar Endogen hodisalari natijasida yer qahrida tog‘ jinslari qatlamlarining yotish sharoitlarining buzi-lishi, sinishi, uzilishi, siljishi va joylanish shakllarining o‘zgarishi kabi hodisalarnngi ro‘y berish jarayoniga geotektonik hodisalar deyiladi. Tektonik o‘zgarishlar natijasida yer yuzida tog‘lar paydo bo‘ladi. Tog‘ deb balandligi dengiz sathidan 200 metrdan ziyod bo‘lgan tepalikka aytiladi. U yoki bu qadar cho‘zilgan shakldagi tepaliklar xrebtlar va katta uzunlikdagisi esa tog‘ zanjiri deyiladi. Tog‘lar yer qahrida paydo bo‘ladigan ichki vertikal va yonbosh bosimlar xarakati natijasida paydo bo‘ladi. Bunga tektonik xarakat deyiladi. Tektonik xarakat natija-sida tog‘ jinslari qatlamlarining oldingi yotish xolatlari buzilib, yangi shaklda taxlangan, to‘kilgan, siljigan xolatlarda va boshqa tektonik shaklda yota-dilar, unga tog‘ jinslarining dislokatsiyasi deyiladi. Shu yo‘sinda paydo bo‘lgan tog‘larga tektonik tog‘lari deyiladi. Tektonik tog‘ jinslari dislokatsiyasi – yotish sharoitlari bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi: 1. Burmali – plikativ dislokatsiya (qatlam-qatlam bo‘lib taxlangan xolatda joylashgan tog‘ jinslari). Bular uzilmagan bir butun joylashgan tog‘ jinslarini tashkil etadi. 2. Tashlandiq uzilmali – dizyuntiv dislokatsiyalar (ayrim-ayrim joylashgan uzik xolatdagi tog‘ jins-lari). Qatlam-qatlam bo‘lib joylashgan tog‘ jinslari oddiy monoklinal shaklda, yahni qiya yotqizilgan xolatida ko‘proq uchraydi. Ular antiklinal va sinklinal ko‘rinishida joylashadilar. Yahni tog‘ jinslarining qatlamlarini kuzatib borsak, uning yuqoriga ko‘tarilganini, sekin-asta egilib gumbaz hosil qilganini va yonbag‘irlari qiyalashib pastga tushganini ko‘ramiz, uning ustida yotgan barcha qatlamlar ham xuddi shu tarzda egilib-bukilganini ko‘ramiz. Bunga burmali dislokatsiya deyiladi.
Shaklda ko‘rsatilganidek burmaning yuqoriga qarab egilgan tarafi egar yoki antiklinal deb ataladi, pastga tomon egilgan qismi mulg‘da yoki sinklinal deyiladi. Qatlamlarning ikkita bukilish oralig‘idagi qismi burmaning qanotlari deyiladi. Bosim kuchining ko‘p-ozligiga qarab burmaning shakllari har xil: yalpoq, yumaloq, qayrilgan, keskin bukilgan bo‘ladi. IQLIM O'ZGARISHIGA TA'SIR ETUVCHI ANTROPOGEN OMILLAR
REJA:
Edafik omillar haqida tushuncha.