Yerdan yaroqsiz foydalanish va


Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#204363
1   2   3   4   5   6   7   8
Atrof-muhit M-2 (8)

8.2. Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash

Insonning tuproqqa faol ta’sir ko‘rsatishi natijasida uning xossa-xususiyatlari o‘zgarishi, unumdorligining oshishi yoki pasayishi, sho‘rlanishi, eroziyalanishi, degumifikatsiyasi kabi jarayonlarning yuzaga kelishi yer resurlarini muhofaza qilishda avvalgidan ham e’tiborli bo‘lishlikni taqozo etadi14.





14 Gafurova L.A., Abdraxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E. Tuproqlar degradatsiyasi. O’quv qo’llanma. –T.,2012. -218 b.
O‘tgan mustabid tuzum davrida mamlakatimiz yer boyliklaridan intensiv usulda, juda katta xarajat va isrofgarchiliklar yo‘li bilan foydalanilganligi, yer maydonlarining sho‘rlanishi va eroziyaga uchrashi holatlari ekologik muvozanat buzilishiga olib kelgan. Natijada tuproq unumdor qatlamining yemirilishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda, bir qancha ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy muammolarni keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish ko‘p jihatdan uning muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o‘rganishga bog‘liqdir. Shu jihatdan, bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblangan yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqlar degradatsiyasining oldini olish hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda, eng avvalo, tuproqlardan oqilona foydalanish, uning unumdorligini oshirish, sifati, iqtisodiy bahosi, yer muhofazasini bilish, har xil o‘simliklarni tuproq holatiga ko‘ra ilmiy asoslangan holda ketma- ket ekish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ixtisoslashuvini to‘g‘ri tashkil etish, tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish talab etiladi.
Tarixiy davr mobaynida insoniyat taxminan 2 mlrd. ga yaqin hosildor yerlarning yo‘qotilishini, tuproqlar unumsiz yerlarga va antropogen sahrolarga aylanishini tuproqlar degradatsiyasi jarayonining global va turli-tuman xususiyatidan darak beradigan ma’lumotlarga qo‘shish mumkin15.
Yer resurslarining meliorativ holatini baholashda, albatta, uning unumdorligi, sho‘rlanish darajasi, ball bonitetining baholanishi, grunt suvlarining joylashuvi va boshqa omillar hisobga olinadi. Litosferaning tarkibiy qatlami bo‘lgan unumdor tuproq inson hayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo, toza suvdan ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan buyuk ne’mat hisoblanadi.

15 Деградатсия и охрана почв. Под ред. Академика РАН Г.В. Доброволского. – М.: Изд-во МГУ, 2002.-654 с.
Zoologiya va ekologiya bo‘yicha buyuk fransuz olimlardan biri Jan-Dorst ta’biri bilan aytganda, tuproq – bizning eng qimmatbaho boyligimiz. Hayot va yerning ustki biotsenozlari uchun qulay, tabiiy va sun’iy yerning eng ustki yupqa qatlami bilan bog‘liq insonlar hayoti uchun zarur barcha mahsulotlar tuproqdan olinadi. Shuning uchun biz tuproqni, ona zaminimizni asrab-avaylashimiz zarurdir.
Yer fondi tarkibining yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi va yer fondi tarkibidagi asosiy yer turlari quyidagilardan iborat:

Qishloq xo‘jaligi yerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirish maqsadida uzluksiz foydalaniladigan yer turlaridir.
Ekin yerlariga qishloq xo‘jaligi ekin turlari (shu jumladan, ko‘p yillik o‘tlar) ekiladigan yerlar kiradi. Ekin yerlar ikki turga bo‘linadi:

  • Sug‘oriladigan;

  • Lalmi yerlar.

Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanish va
sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbayi bilan bog‘langan, doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar. Qishloq va suv xo‘jaligi organlari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug‘orish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar bo‘yicha suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan “Atrof-muhit va rivojlanish” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining qarorida tuproq muhofazasi va undan oqilona foydalalanish davlat siyosatining markaziy bo‘g‘ini bo‘lishi kerakligi, tuproqning holati insonlarning taqdirini belgilashi va atrof-muhitga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyo bo‘yicha eroziyaga, deflyatsiyaga uchragan va xavfli deflyatsiyaga moyil qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydonlar 50 foizdan ko‘pchilikni tashkil qilmoqda va bu jarayon davom etmoqda.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin